XOREOGRAFIYA KAFEDRASI TARIXI

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimovning “O‘zbekistonda  xoreografiya san’ati va milliy raqsni rivojlantirish” to‘g‘risidagi farmoniga asosan, 1997 yili Toshkent Davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi tashkil etildi. YAngi o‘quv yurti miqyosida maktab, kollej bilan bir qatorda Oliy o‘quv yurti vujudga kelib, uning tarkibida “Xoreografiya” kafedrasi ish faoliyatini boshladi.

Toshkent Davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi keng qamrovli bilim yurti bo‘lib, unda zaruriy profesional xoreografik bilimning muntazamligi ta’minlanadi. Xoreografiya yo‘nalishidagi diplomga ega yuqori malakali mutaxasislarni tayyorlash uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Bu o‘quv muassasasida amalga oshirilayotgan bosqichma-bosqich uzluksiz ta’lim tizim, to‘laqonli davr talabiga javob beruvchi mutaxasislarni tayyorlashga qaratilgan. Bu ta’lim tizimi yuksak darajadagi xoreografiya san’ati bilimini kafolati hisoblanadi.

Biroq xoreografiya kafedrasining tarixi bundan 35 yil ilgari boshlangan. Xoreografiya kafedrasi 1974 yil sobiq Toshkent Davlat Madaniyat institutining madaniy oqartuv ishlari fakultetining  “Havaskor xoreografiya kollektivi  rahbari” bo‘limida ish boshlagan.

Kafedraga Moskva Davlat teatr san’ati bitiruvchisi I.I.Xasanov boshchilik qilgan (1949y-1996 y).

Xasanov I.I. keyinchalik 1983 yildan 1996 yilgacha Toshkent xoreogrfiya bilim yurtiga boshchilik qilgan.

Aynan I.I.Xasanov o‘ziga xos raqs Akademiyasi, ya’ni professional xoreografik bilimga ega mutaxassislarni tayyorlashning asoschisi hisoblanadi. U kafedraga dars berish uchun yuqori malakali xoreografik bilimga ega o‘qituvchilar bilan birga, yosh iste’dodli bitiruvchilarni ham ishga taklif qildi. SHuning bilin birga u, bu yosh kadrlarda kelajakda  o‘z kasbining haqiqiy ustasini mohir pedagoglarini ko‘ra oldi. Bunday yoshlarga u kishi, yaqindan yordam berib, o‘qituvchilik kasbiga bo‘lgan qiziqishini mehrini oshirib, ularga o‘z ijodlarini ko‘rsata olishga va kelajakda pedagogik faoliyat yuritishlariga yo‘l ochib berdi. I.I.Xasanovdan keyin kafedraga S.SH.Burxonov,  professor Gorlina.I.G, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi A.N.Mo‘minov, katta o‘qituvchi Saitova.E.YA, katta o‘qituvchi L.T.Xasanova, o‘qituvchi N.M.Varyuxina, SH.M.Toxtasimov boshchilik qildilar. Hozirgi kunda kafedraga dotsent, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist O‘.N.Muxamedova rahbarlik qilmoqda.

Kafedra o‘qituvchi-professorlari tomonidan fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlar ishlab chiqildi va talabalar ana shu dasturlar asosida bilim olmoqdalar. YAna o‘qituvchi professorlar tomonidan o‘quv uslubiy qo‘llanmalar, o‘quv qo‘llanmalar yozilib, bugungi kunda talabalar ulardan foydalanishmoqda. Ilgari kafedrada faqat bitta yo‘nalish bo‘yicha taxsil olishgan bo‘lsa, bugunga kelib talabalar uch yo‘nalish bo‘yicha o‘qishga qabul qilinmoqda.

  1. Xoreografiya-pedagogikasi.
  2. Xoreografiya jamoasi rahbari.
  3. Baletmeyster –rejissyor.

2013 yili bu Oliy  o‘quv yurtida magistratura bo‘limi ham ish boshladi.