Xoreografiya bilim yurtining 70 yilligi hamda Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabining 20 yilligi munosabati bilan tantanali  ravishda ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

2017 yil 11 dekabr kuni katta zalda Xoreografiya bilim yurtining 70 yilligi hamda Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabining 20 yilligi munosabati bilan tantanali  ravishda ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni oliy maktab rektori kirish so‘zi bilan ochib berdi. Barchangizni Xoreografiya bilim yurtining 70 yilligi hamda Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabining 20 yilligi munosabati bilan muborakbod etdi. Yillar moboynida yoshlarimizga ta’lim-tarbiya, bilim va malaka berishda  o‘z xissalarini qo‘shib kelayotgan, tajribali pedagog-ustozlar, iqtidorli talaba-yoshlarimiz, ko‘p yillar davomida ishlab hozirgi vaqtda nafaqada bo‘lgan ustoz-murabbiylarimiz taqdirlandilar.

Tadbirga O‘zbekiston xalq  artislari Viloyat Oqilova, Nasiba Madraximova hamda  Xoreografiya bilim yurtining ilk qaldirg‘ochlari va ko‘p yillar davomida rahbarlik faoliyatida ishlab hozirgi vaqtda nafaqada bo‘lgan ustoz va murabbiylar ishtirok etdi.

Tadbirning badiiy qismida oliy maktabning iqtidorli o‘quvchi-yoshlari tomonidan konsert dasturlari namoyish etildi hamda bayram dasturxoni tashkil etildi.