XOLMURADOVA MEXRINISA IBRAXIMOVNA

TARJIMAI HOLI

Men Xolmurodova Mehrinisa Ibroximovna 1971 yil 2 yanvarda Buxoro viloyati Shofirkon tumani Chandir qishloqda xizmatchi oilasida tug‘ilganman.

1990 yil Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika institutining (hozirda universitet) “О‘zbek tili va adabiyoti” fakultetiga о‘qishga kirib, 1996 yil muvaffaqiyatli tamomlaganman. Mehnat faoliyatimini 1991 yil Shofirkon tumanidagi 11-maktabda ona tili va adabiyot о‘qituvchisi lavozimidan boshlaganman. Turmush taqazosi bilan 1996 yil Toshkent shahar Sergeli tumanidagi 304-umumta’lim maktabida о‘zbek tili va adabiyoti fani о‘qituvchisi lavozimida mehnat faoliyatimni davom ettirganman. 2001 yil “Yilning eng yaxshi о‘qituvchisi” Respublika kо‘rik-tanlovi tuman bosqichi g‘olibi bо‘lib,  shahar bosqichida faol ishtirok etganman.

2004 yildan 304-maktabda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha direktor о‘rinbosari lavozimida  ishlaganman.

2006 yildan mehnat faoliyatimni Toshkent viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti (TVPKQT va MOI) “Marketing va monitoring” bо‘limida oliy toifali uslubchi lavozimida davom ettirganman.

2008 yil tanlov asosida TVPKQT va MOIning “Ijtimoiy fanlar va ma’naviyat asoslari” kafedrasida katta о‘qituvchi lavozimida mehnat faoliyatimni davom ettirganman. Dolzarb mavzu, milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari kabi fanlardan tinglovchilarga yangi pedagogik texnologiyalar asosida dars berganman. 2011 yildan Toshkent viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Metodika markazida AKT bо‘yicha bosh uslubchi lavozimida ishlaganman. Viloyat miqyosida barcha umumta’lim maktablari о‘qituvchilarini AKT sohasini rivojlantirish bо‘yicha о‘quv kurslari tashkil etib, о‘qitish tizimini joriy etganman.

2012 yildan Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida joylashgan Respublika Estrada sirk kollejida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha rahbar о‘rinbosari lavozimida mehnat faoliyatimni davom ettirganman. Faoliyatim jarayonida bir qancha kо‘rik-tanlov va festivallarda о‘quvchilarimiz yuqori о‘rinlarni olishlariga  erishishdi. Toshkent shahar hokimi, xotin-qizlar qо‘mitasi, Toshkent shahar О‘MKHT boshqarmasi tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandim.

2017 yildan Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha prorektor lavozimida mehnat faoliyatimni davom ettirmoqdaman. Mehnat faoliyatim davomida talabalarimiz Xalqaro va respublika miqyosida о‘tkaziladigan kо‘rik-tanlov, festivallarda hamda “Nihol”, “E’tirof”, “Ehtirom”, “Mard о‘g‘lon” kabi nufuzli tanlovlarda ishtirok etib yuqori о‘rinlarni egallamoqda. Bundan tashqari talaba-yoshlar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti va nomdor  stipendiyalarning ham nomzodlari bо‘lishdi.

2019 yil О‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qо‘mitasining “Mо‘tabar ayol” kо‘krak nishoniga sazovor bо‘ldim.

Oilaliman, 3 nafar farzandim bor.