Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi rektori Toxtasimov Shuxrat Maxmutovichning 

TARJIMAI HOLI

Toxtasimov Shuxrat Maxmutovich 2015 yilda Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabiga rektor lavozimiga tasdiqlangan.

  1. Toxtasimov 1978 yilda Toshkent xoreografiya bilim yurtini (hozir kollej) tamomlagan.

1980-1984 yillarda A.Navoiy nomidagi О‘zbekiston Davlat Akademik katta teatrida balet artisti bо‘lib ishlagan. 1984-1988 yillarda Moskva Davlat teatr san’ati institutini “Xoreografiya” fakultetida tahsil olib, “Pedagog-baletmeyster” mutaxassisligi bо‘yicha bitirgan.

SH.Toxtasimov 1988 yildan hozirgi davrgacha Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi bо‘g‘inidagi xoreoggrafiya kollejida mumtoz raqsi bо‘yicha о‘qituvchi bо‘lib xizmat qilib kelmoqda.

SH.Toxtasimov о‘zining tartib-intizomi, mehnatkashligi hamda yuqori malakali о‘qituvchi sifatida professor-о‘qituvchilar orasida katta obru-e’tibor qozongan.

2002 yilda “Shuxrat” medali bilan taqdirlangan.

2008-2010 yillarda maxsus mumtoz raqs bо‘limi mudiri lavozimida ishlagan. 2011 yilda “Xoreografiya” kafedrasi mudiri bо‘lgan.

SH.Toxtasimov Oliy maktabda yuqori malakali kadrlar tayyorlab kelmoqda, uning shogirdlari musiqa, opera va balet teatrlarida hamda Respublikamizning barcha raqs ansambllarida xizmat qilmoqdalar.

SH.Toxtasimov egallab turgan lavozimidagi ish davomida u о‘zini faqat ijobiy tomondan kо‘rsatib kelmoqda – xalol, ishchan va tirishqoq hamda savodli о‘qituvchi va rektor.

Ishchi vijdonan munosabatda bо‘ladi, professor-о‘qituvchilar va xodimlar bilan inoq bо‘lib xizmat qiladi.

SH.Toxtasimov Oliy maktabni jamoat ishlarida faol ishtirok etadi.

SH.Toxtasimov Respublika miqyosida bо‘lib о‘tadigan – “Umid nixollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada”, “Sharq taronalari”, Xalqaro sport musobaqalarini, tantanali konsert dasturlariga tayyorlaydi va ishtirokini ta’minlaydi.

SH.Toxtasimov kо‘p yillardan buyon “Bolalar bloki” raqs guruhini bosh baletmeysteri. 2010 yilda malaka oshirish kursini tamomlagan.

SH.Toxtasimov 2012 yilda rektor vazifasini bajaruvchi va 2015 yilda Vazirlar Mahkamasining qarori bilan rektor lavozimiga tasdiqlangan.