О‘QUV VA ILMIY ISHLAR BО‘YICHA PROREKTOR M.G‘OFUROVNING TARJIMAI HOLI

 G‘apurov Mirmuxsin Kamoldinovich, 1967 yil 6 noyabrda Andijon viloyatining  Shahrixon tumanida ishchi oilasida tug‘ilgan.

Otasi-G‘ofurov Kamoliddin  G‘ofurovich 1979 yili vafot etgan. Kasbi shofyor bо‘lgan.

Onam-G‘ofurova Rahimaxon Nishonovna 2004 yili vafot etgan. Uy bekasi bо‘lgan.

M.G‘apurov 1975 yildan 1986 yilgacha Andijon tumanidagi Tolibjon Sodiqov nomidagi maxsus musiqa maktab-internatida о‘qigan.

1986 yilda A.Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat institutining “Xalq cholg‘ulari orkestri rahbari” bо‘limiga о‘qishga kirgan.

1987-1989 yillari harbiy xizmatda bо‘lgan. Harbiy unvoni-serjant.

1989 yilda harbiy xizmatdan sо‘ng о‘qishi Madaniyat institutida davom ettirgan va 1993 yilda shu institutni imtiyozli diplom bilan tamomlab, “Madaniy-ma’rifiy ishlar xodimi, Xalq cholg‘ulari orkestri rahbari” mutaxassisligiga ega bо‘lgan.

2005 yili О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat qurilishi akademiyasining “Davlat va jamiyat qurilishi” fakultetiga о‘qishga kirgan. 2006 yili shu akademiyani  tugatib, “Davlat va jamiyat qurilishi” mutaxassisligi magistri darajasini olgan.

Mehnat faoliyati davomida 1986 yildan 1994 yilgacha Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tuman “Yulduz” madaniyat uyida sozanda, konsertmeyster va ansambl rahbari lavozimlarida ishlagan.

1994 yildan sobiq Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat institutida о‘qituvchi, katta о‘qituvchi, dekan muovini, “Marketing xizmati” bо‘limi boshlig‘i, “Magistratura” bо‘limi boshlig‘i, fakultet dekani, “Sport majmuasi” direktori va kafedra dotsenti lavozimlarida ishlagan.

2006-2007 yillari Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida “О‘quv va ilmiy ishlar” prorektori, 2007-2008 yillari esa Madaniyat va sport ishlari vazirligi “Ta’lim muassasalari, fan va kadrlar tayyorlash” boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

2012 yil 27 avgustidan 2017 yil 28 iyuli qadar yangi tashkil etilgan О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi dotsenti lavozimida ishlagan.

2017 yil 29 iyuldan buyon Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi “О‘quv va ilmiy ishlar” bо‘yicha prorektori lavozimida ishlab kelmoqda.

Oilali, 3 nafar farzandi bor.