Toshkent Davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi

TALABASINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

Talabalar huquqlari

Oliy maktabda talabalar:

  • ta’lim dasturlarida nazarda tutilgan, xoreografiya san’ati hamda fan, texnika va texnologiyaning, iqtisodiyot va madaniyatning hozirgi zamon taraqqiyoti darajasiga mos keladigan bilimlar olish;
  • oliy maktabning faoliyatining hamma tomonlariga dahldor o‘ta muhim masalalarning hal etilishida ishtirok etish, ta’lim jarayonining boshqa ishtirokchilariniig qadr-qimmatini kamsitmagan holda o‘z fikr- mulohazalarini erkin va oshkora ifoda etish;
  • o‘zining insoniy qadr-qimmatini hurmat qilinishini talab etish;
  • O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida, Oliy maktabning ichki normativ hujjatlarida belgilangan imtiyozlardan foydalanish;
  • o‘quv fanlarini o‘zlashtirish jarayonida turli xil qiyinchiliklar yuzaga kelsa, professor-o‘qituvchilardan yordam olish;
  • barcha imkoniyatlaridan foydalangan holda bilim olish va ko‘nikmalar hosil qilish uchun turli shakllarda faollik ko‘rsatish;
  • Oliy maktabning ijtimoiy hayotida ishtirok etish huquqiga ega.

Talabalar majburiyatlari

Oliy maktabda talabalar:

  • har qanday vaziyatda ham oliy maktab manfaatini ko‘zlab harakat qilishi, uning sha’ni va shonli an’analari, qaror topgan nufuzi to‘g‘risida jonkuyarlik qilishi;
  • “Toshkent Davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi talabasi” degan sharafli nomga munosib ravishda o‘qishi va ishlashi;
  • o‘ziniig barcha xatti-harakatlarini nazorat qilib borishi va o‘z faoliyati davomida doimo yaxshilikni yomonlikdan, halollikni vijdonsizlikdan, qonuniylikni huquqbuzarlikdan farqlay olishi kerakligini unutmasligi:
  • o‘z vijdoniga quloq tutgan holda o‘z sha’niga dog‘ tushirishi mumkin bo‘lgan va o‘z ahloqiy prinsiplariga shubha soladigan xatti-harakatlardan o‘zini tiyishi;
  • talaba davlat va nodavlat tashkilotlari hamda tuzilmalarida amaliyot o‘tar ekan, u o‘z xulq-atvori bilan oliy maktab haqida, unda tayyorlanayotgan mutaxassislar sifati to‘g‘risida yuksak ijobiy taassurot hosil qilishi kerakligini anglab etishi;
  • oliy maktab hududida narkotik va psixotrop moddalar, alkogolli mahsulotlar (shu jumladan pivo) iste’mol qilinishi hamda tarqatilishiga har tomonlama to‘siq qo‘yishi;
  • oliy maktab mol-mulkiga zarar etkazmasligi va uni ko‘z qorachig‘idek asrashi;
  • tarkib topgan an’analar saqlab qolinishi va yuqori kurs talabalari past kurslarga har tomonlama jonkuyarlik qilishlari, quyi kurs talabalarini tarbiyalash va ularga ta’lim berishda, ularni nojo‘ya xatti-harakatlardan asrab qolishga ko‘maklashishlari shart. Quyi kursdagi talabalar yuqori kursdagilarning maslahatlariga quloq tutishi va hurmat bilan munosabatda bo‘lishlari;
  • talabalar bilan oliy maktab hamda boshqa oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasidagi munosabatlar asosini o‘zaro hurmat, ishonch va hamkorlik tashkil etishlari;
  • talabalar professor-o‘qituvchilar va xodimlar bilan o‘zaro munosabatlarda subordinatsiyaga rioya etishlari, o‘z mulohazalarini va baholarini berishda ahloq normalariga amal qilishlari;
  • talabalarga professor-o‘qituvchilar va boshqa xodimlar murojaat qilsalar ularga baholi qudrat yordam ko‘rsatishlari lozim.