IKRAMXODJAYEV FAXRIDDIN SULTONOVICH

“Sirtqi va maxsus sirtqi” ta`lim bо`limi boshlig`i

  • Qabul kunlari: Dushanba, Juma. 9:00 - 13:00
  • Tel: (+998 71) 215-56-59
  • E-mail: mrxom@infox.uz

DJAMALOVA ZIYODA MIRORTIQ QIZI

“Sirtqi va maxsus sirtqi” ta`lim bо`limi inspektori

  • Qabul kunlari: Dushanba, Juma. 9:00 - 13:00
  • Tel: (+998 71) 215-56-59
  • E-mail: 

“SIRTQI VA MAXSUS SIRTQI” TA`LIM BО`LIMI XAQIDA MA`LUMOT

“Sirtqi va maxsus sirtqi” ta`lim bо`limi, О`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent viloyatida sanoat ishlab chiqarish sohasi uchun muxandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari tо`g`risida”gi 2017 yil 27-iyuldagi PQ-3153-son qarori ijrosini ta`minlash maqsadida, Vazirlar Maxkamasining  2017 yil 21-noyabrdagi

№ 930 Qaroriga muvofiq, sobiq Toshkent Davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabining “Xoreografiya san`ati” fakulteti tarkibida tashkil etilgan.

Bugungi kunda “Sirtqi va maxsus sirtqi” ta`lim bо`limida  106 nafar talaba taxsil olmoqda. Shundan: “Xoreografiya - 5151300 (Xoreografiya jamoalari rahbari)” ta`lim yо`nalishi, sirtqi I kursida 50 nafar;

“Xoreografiya – 5151300 (Xoreografiya jamoalari rahbari)” ta`lim yо`nalishi, III kurs maxsus sirtqi va 5111000 “Kasb ta`limi” yо`nalishi maxsus sirtqi III kursida birgalikda 56 nafar, jami “Sirtqi (maxsus sirtqi) ta`lim” bо`limida 106 nafar talaba taxsil olmoqda. Amaldagi “Nizom”ga muvofiq “Sirtqi (maxsus sirtqi)” ta`lim mavjud bо`lgan oliy ta`lim muassasalarida bо`lim boshlig`i va о`quv-metodik ishlar bо`yicha metodist lavozimlaridan iborat bо`lgan “Sirtqi (maxsus sirtqi)” bо`lim tashkil etiladi va mazkur “Nizom”ning 43 bandiga binoan “Sirtqi (maxsus sirtqi)” bо`limni oliy ta`lim muassasasi fakultetining dekani maqomiga tenglashtirilgan bо`lim boshlig`i boshqaradi. Shu sababdan shtatlar jadvalidan kelib chiqqan holda  О`zbekiston Davlat xoreografiya akademiyasi  “Sirtqi (maxsus sirtqi)” bо`limi boshlig`i lavozimida – Ikramxodjayev Faxritdin Sultanovich faoliyat kо`rsatmoqda.

О`quv-metodik ishlar bо`yicha metodist lavozimida Dosjanova Dilafruz Kaxramonovna faoliyat yuritmoqda.

“Sirtqi (maxsus sirtqi)” bо`limda taxsil olayotgan talabalar har bir yangi о`quv yilida ikki marta asosiy ish joylarida oylik maoshlari saqlangan holda о`quv sessiyalariga chaqiriladilar. О`qish davrida “Sirtqi (maxsus sirtqi)” ta`lim bо`limi talabalari о`quv-metodik adabiyotlar, о`quv-metodik hujjatlar, tarqatma materiallar bilan akademiya tomonidan ta`minlanadi va bilim olish uchun zarur barcha shart-sharoitlar yaratiladi.

Talabalar akademiyaning barcha о`quv jihozlari, auditoriyasi, labaratoriyasi, kutubxonasi, axborot resurs markazlari hamda о`quv-yordamchi tuzilmalari hizmatidan bepul foydalanadilar. Akademiyada о`quv jarayoni о`zbek va rus tillarida olib boriladi.

Akademiyada sirtqi ta`lim shaklida taxsil olish 5 yilni о`z ichiga oladi.

Maxsus sirtqi shaklida taxsil olish 3 yildan iborat bо`lib, о`quv rejasidan о`rin olgan barcha predmetlarni о`zlashtirgan hamda Davlat attestatsiyalaridan ijobiy baholar olgan talabalarga belgilangan shakldagi Davlat namunasidagi hujjatlar taqdim etiladi.