QISQACHA TARJIMAI HOLI

Sagatov Korkmas 1938 yilda xizmatchi oilasida tavallud topgan. 1956 yilda Toshkent xoreografiya bilim yurtini tamomlagan. 1956-1978 yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat Akademik Katta opera va balet teatrida “Balet artisti” lavozimida faoliyat kо‘rsatgan.

1978 yildan О‘zbek xoreografiya bilim yurti badiiy raxbari lavozimida faoliyat kо‘rsatgan.

K.Sagatov 1991-yilda О‘zbek xoreografiya bilim yurti direktori va 1997 yildan 2001 yilgacha Toshkent davlat milliy raks va xoreografiya oliy maktabi rektori lavozimida faoliyat kо‘rsatdi. Shu yillar mobaynida “Mustaqillik” va “Navrо‘z” umumxalk bayramlari ijodiy guruhi tarkibida baletmeyster bо‘lib faoliyat yuritib keldi. Ustoz pedagog sifatida jamoa hurmatiga sazovor bо‘lgan.

K.Sagatov 1992 yilda “О‘zbekiston Respublikasida xizmat kо‘rsatgan san’at arbobi”, 1997 yilda “Qorakalpog‘iston xalq artisti” unvonlari bilan takdirlangan.

K.Sagatov о‘zining ijodiy – mehnat faoliyati davomida kо‘plab balet artistlarini tayyorladi. Hozirgi kunda uning shogirdlari Respublikamizning kо‘plab teatr va raks apsambllarida hamda kо‘plab xorijiy davlatlarda faoliyat kо‘rsatmoqda.

2012 yil 10 mayda Toshkeng milliy raqs va xoreografiya oliy maktabining “Xoreografiya” kafedrasi mudiri lavozimiga tanlov asosida tayinlandi. Oliy maktabda о‘tkaziladigan bayram dasturlari xamda hisobot konsertlarini tayyorlashda faol ishtirok etadi.

K.Sagatov bir kator xorijiy mamlakatlarda ijodiy safarda bо‘lib, о‘zbek raks san’atini targ‘ib qilishga munosib hissa qо‘shib keldi.

U respublika miqyosida bо‘lib о‘tadigan umumxalk bayram-tadbirlari “Mustaqillik”, “Navrо‘z”, “Sharq taronalari”, “Universiada”, “Barkamol avlod” va boshqa konsert dasturlariga raqslarni sahnalashtirishda maslahatchi-xoreograf sifatida kо‘maklashib kelgan. Almata shahrida о‘tkazildigan “Orleu” halqaro tanloviga hakamlar hay’ati a’zosi sifatida qatnashib kelmoqda.