“TASDIQLAYMAN”

               REKTOR  __________ SH.TOXTASIMOV

_____  ______________ 2018 yil

  TOSHKENT DAVLAT MILLIY RAQS VA XOREOGRAFIYA OLIY MAKTABINING

INNOVATSION JAMG‘ARMASI MABLAG‘LARINI 2019 YIL UCHUN

TAQSIMLASH REJASI

Xarajatlar turlari Foizda (%)
1 Ilmiy-ijodiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni rag‘batlantirish (professor-o‘qituvchilarining monografiyalarini nashr etish, dasturiy mahsulotlarga patent olish, markaz xodimlarini xorijiy hamda mahalliy ilmiy-amaliy konferensiyalar va ko‘rgazmalarda ishtiroki uchun mablag‘ ajratish, markaz xodimlarini safar xarajatlarini qoplash, innovatsion ishlanmalar bo‘yicha reklama xarajatlarini amalga oshirish va boshqalar). 10%
2 Ilmiy-ijodiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarda foydalanish uchun materiallar sotib olish (ilmiy laboratoriyalar uchun zarur bo‘lgan zamonaviy elektron uskunalar hamda jihozlarni xarid qilish, kerakli materiallar va tarkibiy qismlar, eksperimental tadqiqotlarni moliyalashtirish, zarur kitoblar, ilmiy jurnallar xarid qilish va boshqalar). 25%
3 Ilmiy-ijodiy tadqiqotlar infratuzilamasini shakllantirish va yangilash, ilmiy-ijodiy xodimlarni moliyaviy rag‘batlantirish (fan sohasidagi muhim natijalarga erishgan oliy maktab xodimlarini mukofotlash, amaliyotning turli sohalariga ilmiy-ijodiy natijalarni kiritish, iqtidorli talabalarning “Start-Up” loyihalarini rag‘batlantirish, ilmiy-ijodiy tadqiqot uskunalarni ta’mirlash hamda yangilash uchun mablag‘ ajratish va boshqalar). 30%
4 Oliy maktabning “Ilmiy va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish” bo‘limi faoliyatini moliyalashtirish (Bo‘lim xodimlari uchun ish haqi, mukofotlar, konselyariya xarajatlari va boshqalar). 30%
5 Innovatsion faoliyat bilan bog‘liq boshqa xarajatlarni amalga oshirish. Jumladan, oliy maktab professor-o‘qituvchilari, ilmiy-ijodiy izlanuvchilar, magistrantlar va talabalarning ilmiy-ijodiy tadqiqot hamda innovatsion ishlanmalari natijalarini xorijiy nufuzli jurnallarda nashr qilish bo‘yicha xarajatlarni kompensatsiya qilish. 5%

Izoh: Mazkur reja TDMRXOM “Ilmiy kengashi”ning 2018 yil 2 oktyabrdagi yig‘ilishida muhokama qilingan va tasdiqlangan (Bayonnoma №2).

 

 

 

Bo‘lim boshlig‘i:                                                                            SH.Xudoynazarova