2017 yil 15 may kuni Toshkent Davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabining 4 bosqich talabalarining bitiruv malakaviy attestatsiyasining amaliy qismi bo‘lib o‘tdi. Unda bitiruvchi talabalar mumtoz, halq-sahna, tarixiy-maishiy hamda zamonaviy-estrada raqslari bo‘yicha o‘zlarining quyidagi ijod namunalarini Oliy maktabning professor-o‘qituvchilari M.M.Maxmudova, K.B.Ibragimova, A.A.Magdievalarga namoyish etdilar:

Kayimova Nargiza va Osokina Ekaterina – Mumtoz raqs bo‘yicha;

Tixanovskaya Ekaterina –Tarixiy-maishiy raqs bo‘yicha;

Kenjabaev SHerzod, Xaqberdieva Durdona, Xen Alinalar – Halq-sahna raqsi bo‘yicha;

Li Vladislav, Sayfullaev Anvar, Daniyarova Safargullar – O‘zbek raqsi bo‘yicha;

Kayumova Asal – Zamonaviy-estrada raqsi bo‘yicha ijro etdilar.