Kengash vazifalari

Oliy maktab Kengashi: – kadrlar tayyorlash Milliy dasturiga muvofiq davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalar va dasturlarning bajarilishi; – fakultetlar o‘quv, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlari, shuningdek, kollej  faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlar, qabul natijalari to‘g‘risida qabul komissiyasining hisobot, soha yo`nalishining bitiruvchi mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoji to‘g‘risida marketing xizmatining hisobotlarini eshitish; – talabalarning yillik malakaviy amaliyotiga yakun yasash va ularni yaxshilash bo‘yicha metodik tavsiyanomalar, dasturlar, konsepsiyalar; – ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy rejalar va professor-o‘qituvchilar tarkibining malaka oshirish; – monografiyalar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va ilmiy, ilmiy-metodik adabiyotlarni tayyorlash va ularni nashrga tavsiya qilish; – fakultet va kafedralar ochish, ularni optimallashtirish va tugatish bilan bog‘liq masalalar; – marketing xizmati takliflarini hisobga olgan holda ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) ni ochish yoki tugatish; – Oliy attaetsatsiya komissiyasiga professor, dotsent ilmiy unvoniga tavsiya qilish; – Oliy maktab professor-o‘qituvchilariga doktorlik dissertatsiyalari, monografiya va darsliklarni nihoyasiga yetkazish uchun ijodiy ta’til berish; – «Oliy o‘quv yurtlari pedagogik xodimlarni ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga muvofiq professor-o‘qituvchilar lavozimlarini egallash uchun tanlovlar; – doktorantura va oliy o‘quv yurti ta’limidan keyingi boshqa ta’lim shakllariga nomzodlarni tavsiya etish; – Oliy maktabda tahsil olayotgan katta ilmiy xodim-izlanuvchilarning hisobotini eshitish; – fakultet kengashlarining tavsiyasi asosida Oliy maktabda nomli stipendiyalar ta’sis etish; – oliy ta’lim muassasasining a’lochi-talabalari va magistrantlari safidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli Davlat stipendiyalariga nomzodlarni tavsiya etish; – Oliy maktabning uzoq muddatli va yillik moliya, tadbirkorlik va xo‘jalik ishlari faoliyatini takomillashtirish rejalarini tasdiqlash va moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalarini eshitish; – oliy ma’lumotli mutaxassislarning malaka oshirish rejalarini muhokama etish, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoqlarining hisobotini eshitish; – Oliy maktabning ilmiy-tadqiqot, o‘quv, ma’naviy-ma’rifiy, tadbirkorlik, xo‘jalik ishlariga taalluqli bo‘lgan dolzarb masalalar bo‘yicha prorektorlar, dekanlar, kafedra mudirlarining hisobotini eshitish va Oliy maktab faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa dolzarb vazifalarni muhokama qiladi.