OLIY О‘QUV YURTINING ILMIY KENGASHI TО‘G‘RISIDA NIZOM

  1. Oliy ta’lim tо‘g‘risidagi Nizomga muvofiq oliy о‘quv yurtining faoliyatiga tegishli asosiy masalalarni kо‘rib chiqish uchun rektor raisligida Ilmiy kengash tashkil etiladi.
  2. Ilmiy kengashning asosiy vazifasi – oliy о‘quv yurti jamoasi say-harakatlarini quyidagi masalalarni bajarishga qaratilgan faoliyatni birlashtirish hisoblanadi: Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirish, zamonaviy pedagogik texnologiya va kompyuterlashtirish asosida yuqori sifatli bakalavr va magistrlar tayyorlashni ta’minlash, ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik, о‘z Vatani bilan faxrlanish, ma’naviy-ma’rifiy va madaniy xususiyatlarni shakllantirish.

Nizom bо‘yicha Ilmiy kengash tarkibiga quyidagilar kiradi: rektor (rais), prorektorlar, fakultet dekanlari, oliy о‘quv yurti tarkibiga kiruvchi mustaqil tashkilot va tarmoqlar direktorlari, mutaxassis chiqaruvchi kafedralar mudirlari, shuningdek, oliy о‘quv yurti talabalari va xodimlari kasaba uyushmalarining vakillari. Ilmiy kengashning boshqa a’zolari fakultetning umumiy majlisida (konferensiyada) yashirin ovoz berish yо‘li bilan saylanadilar. Professor-о‘qituvchilar tarkibidan Ilmiy kengashga saylanuvchi a’zolarning soni rektor buyrug‘i bilan belgilanadi. Ilmiy kengash tarkibiga oliy о‘quv yurtining muayyan yо‘nalish muammolari bо‘yicha ishlovchi, yirik olim va mutaxassislar, shuningdek, davlatlararo va bevosita aloqalari bо‘lgan xorijiy о‘quv yurtlarining vakillari kiritilishi mumkin. Vakolat muddati – 5 yil.

  1. Ilmiy kengash tarkibi oliy о‘quv yurti rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Har о‘quv yilining boshida, har xil sabablarga kо‘ra Ilmiy kengash tarkibidan chiqqanlar о‘rniga yangi a’zolar saylanadi yoki nizom bо‘yicha kiritiladi.
  2. Oliy о‘quv yurtlarining kengashi:

– Kadrlar tayyorlash Milliy dasturiga muvofiq davlat ta’lim standartlari, о‘quv rejalari va dasturlarning qat’iy bajarilishini kо‘rib chiqadi;

– xorijiy mamlakatlar oliy о‘quv yurtlari bilan birlashgan Ilmiy kengashlarni tashkil etishning maqsadga muvofiqligini belgilaydi;

– fakultetlarning о‘quv, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlari tо‘g‘risidagi hisobotlari, shuningdek, litseylar, oliy о‘quv yurti qoshidagi ilmiy jamiyatlarning faoliyati tо‘g‘risidagi hisobotlarni eshitib boradi, qabul natijalari tо‘g‘risida qabul komissiyasining, xalq xо‘jaligining bitiruvchilar mutaxassislarga bо‘lgan ehtiyoji, buyurtmalar bilan aloqalar tо‘g‘risida marketing xizmatining hisobotlarini eshitadi;

– talabalarning yirik malakaviy amaliyotiga yakun yasaydi va ularni yaxshilash bо‘yicha tavsiyalar beradi;

– ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning rejalarini va professor-о‘qituvchilar tarkibining malaka oshirish masalalarini muhokama etadi;

– xorijiy mamlakatlarning oliy о‘quv yurtlari bilan aloqalarni о‘rnatish bо‘yicha qarorlar qabul qilinadi;

– fakultet va kafedralarni ochish, bekitish, о‘zgartirishga bog‘liq bо‘lgan masalalar bо‘yicha qaror qabul qiladi;

– marketing xizmati takliflarini hisobga olgan holda yangi ta’lim yо‘nalishlarini (mutaxassisliklarni) ochish tо‘g‘risida taklif kiritadi;

– darslik, о‘quv qо‘llanma va ilmiy-uslubiy adabiyotlarni tayyorlash va nashr etish masalalarini kо‘rib chiqadi;

“Oliy о‘quv yurtlari pedagogik xodimlarini ishga qabul qilish tartibi tо‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq professor-о‘qituvchilar lavozimlarini egallash uchun tanlovlar о‘tkazadi;

-professor, dotsent ilmiy unvonini olishga intilayotgan izlanuvchilarning hujjatlarini kо‘rib chiqadi va belgilangan tartibda ilmiy unvonga tasdiqlashga taqdim etadi;

– aspirantura, doktorantura va oliy о‘quv ta’limidan keyingi boshqa shakllarga nomzodni tavsiya qiladi;

– a’lochi-talabalar safidan va professor-о‘qituvchilar tarkibidan nomzodlarni “Ustoz”, “Umid” jamg‘armalari orqali xorijiy о‘quv yurtlariga stajirovkaga tavsiya etadi;

– ta’lim xizmatlari bilan shug‘ullanuvchi kichik korxonalar, firma va kurslar faoliyati haqida rahbarlarning hisobotini eshitadi;

– ushbu oliy о‘quv yurtining bitiruvchilari safidan nomzodlarni aspiranturaga qabul qilishga tavsiya etadi, shuningdek, oliy о‘quv yurti fakultetlarga bо‘linmagan yoki fakultetda kengash tashkil etilmagan hollarda, aspirantlarning shaxsiy rejalarini va nomzodlik dissertatsiyasi mavzularini tasdiqlaydi;

– oliy о‘quv yurtining a’lochi talabalari va aspirantlari safidan nomzodlarni nomli stipendiyalarni olishga tavsiya etadi;

– fakultet dekanlarining fakultetni tamomlaganlar va aspiranturani bitirganlar bilan aloqalari tо‘g‘risidagi hisobotlarini eshitadi, kadrlar tayyorlashni yanada yaxshilash bо‘yicha tadbirlarni ishlab chiqadi;

– “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi bilan hamkorlikda talabalarning jismoniy tarbiyasi va ularning sog‘liqlarini yanada yaxshilash bо‘yicha tadbirlar ishlab chiqadi;

– oliy о‘quv yurti talabalari va xodimlarining texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasini takomillashtirish bо‘yicha tadbirlarni belgilaydi;

– oliy о‘quv yurti rivojlanishining joriy (yillik) istiqbolli rejalarini tasdiqlaydi va moliyaviy-xо‘jalik faoliyati natijalarini eshitadi;

– oliy ma’lumotli mutaxassislarning malaka oshirish rejalarining loyihalarini muhokama etadi, oliy о‘quv yurtining malaka oshirish tarmoqlari rahbarlarining hisobotini eshitadi.

  1. Ilmiy kengash о‘z ishini har о‘quv yili uchun ishlab chiqiladigan rejaga muvofiq amalga oshiradi. Ilmiy kengash rejasi Ilmiy kengash tomonidan kо‘rib chiqilgandan sо‘ng, oliy о‘quv yurtining rektori tomonidan tasdiqlanadi.
  2. О‘quv va ilmiy ishlarning barcha masalalari bо‘yicha Ilmiy kengashning qarorlari ochiq ovoz berish tartibida kо‘pchilikning ovozi bilan qabul qilinadi. Professor-о‘qituvchilar tarkibi, lavozimlarini egallashga о‘tkaziladigan tanlovlar, professor va dotsent ilmiy unvonini berishga taqdimnomalar esa yopiq ovoz berish yо‘li bilan belgilangan tartibda qabul qilinadi.
  3. Ilmiy kengash qarorlari, oliy о‘quv yurtining rektori tasdiqlaganidan sо‘ng kuchga kiradi.
  4. Ilmiy kengashning majlisi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomalar Ilmiy kengashning raisi va Ilmiy kengashning kotibi tomonidan imzolanadi.
  5. Ilmiy kengash raisi muntazam ravishda Ilmiy kengash qarorlari bajarilishi bо‘yicha tekshiruvlarni tashkil etadi va Ilmiy kengash a’zolariga qabul qilingan qarorlarning bajarilishi haqida axborot beradi.

О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1998 yil 9 dekabrdagi  345-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan.

(Oliy ta’lim: meyoriy-huquqiy hujjatlar tо‘plami. I. Toshkent-2013, 127-129 betlar)