O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 8 yanvar № PF-1695 sonli “O‘zbekistonda Milliy raqs va xoreografiya san’atini rivojlantirish to‘g‘risida” gi Farmoniga asosan, A.Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat instituti “Xoreografiya” bo‘limi va Toshkent xoreografiya bilim yurti negizida Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi tashkil etildi.

Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Oliy ta’lim vazirligi tomonidan Oliy maktab tarkibida uchta kafedra tashkil etildi.

Bular:

“Xoreografiya san’ati”,

“San’at nazariyasi va tarixi”,

“Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedralari edi.

“San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasida 2005 yildan boshlab, “San’atshunoslik” (xoreografiya bo‘yicha) bakalavriat yo‘nalishi tashkil  etilgan.

Ilk bor kafedrani oliy o‘quv yurtlaridagi ko‘p yillik stajga ega bo‘lgan malakali pedagog, shuningdek, katta tashkilotchilik malakasiga ega, san’atshunoslik nomzodi, dotsent – etakchi musiqashunos, O‘zbekiston kompozitorlar uyushmasi a’zosi Nurimova Naila Pardaevna  boshqargan.

Kafedra o‘qituvchilar tarkibi ilmiy faoliyatda yuqori saviyali mutaxassislari, bevosita, teatr, xoreografiya san’ati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqador bo‘lgan san’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent Oqilov N.A., san’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent Xamraeva G.R., san’atshunoslik fanlari doktori, professor To‘laxo‘jaeva M.T.,  san’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent Musaeva D.A., san’atshunos Levina E.I. kabilar nomi bilan bog‘liq. Kafedrani 1999 yildan 2011 yilga qadar pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Melkumova E.I. boshqargan.

Kafedraning o‘quv faoliyati ikki yo‘nalishni – san’atshunoslik va xoreografiyani qamrab olgan.

Milliy raqs va balet san’ati tarixi va nazariyasi sohasida tadqiqotlar olib borish kafedra ilmiy izlanishlarining umumiy mavzusi deb hisoblanadi. Xoreografik Oliy Ta’lim Dargohlari uchun “O‘zbek xoreografiya tarixi” o‘quv qo‘llanma chop etilmoqda, “Musiqa tarixi” qo‘llanmasi ishlanmoqda, “Musiqa nazariyasi va musiqiy asarlar tahlili” fanidan metodik tavsiya va metodik qo‘llanma ishlab chiqilmoqda.

Har yili kafedra o‘qituvchilari o‘z ma’ruzalari bilan Xalqaro va Respublika ilmiy – nazariy konferensiyalarida, shuningdek, Respublikada chop etiladigan ilmiy jurnallar va  to‘plamlarda o‘zlarining ilmiy ishlari bilan faol qatnashmoqdalar.

Kafedraning etakchi olimlari Vazirlar Mahkamasining Fan va texnika Davlat qo‘mitasi tomonidan e’lon qilinayotgan grantlar tanlovida ham qatnashmoqdalar. Bular “O‘zbek teatrida G‘arbiy evropa klassikasi muammolari integratsiyasi” deb nomlangan 3 yillik fundamental loyiha. Loyihaning ilmiy rahbari san’atshunoslik fanlari doktori I.A. Muxtarov; “O‘zbekiston bolalar teatri” deb nomlangan 2 yillik amaliy loyiha. Loyihaning ilmiy rahbari san’atshunoslik fanlari nomzodi T.I.Yuldashev; “O‘zbek raqsi: kecha va bugun” deb nomlangan 3 yillik amaliy loyiha tayyorlangan.

O‘quv jarayonida talabalarimizni o‘z ustida mustaqil ishlay olishi va ularning ilmiy fikrlashini shakllantirish e’tibor qaratilmoqda. Har yili o‘tkaziladigan Oliy o‘quv yurti va oliy o‘quv yurtlararo hamda Respublika miqiyosida o‘tkazilayotgan ilmiy konferensiyalarda o‘z ilmiy maqolalari bilan ham qatnashmoqdalar. Bundan tashqari O‘zbekiston fanlar akademiyasi tasarrufidagi San’atshunoslik instituti bilan hamkorlikda bo‘lib o‘tgan ilmiy seminarda o‘zlarining ilmiy ishlari bilan qatnashuvni tashkil etishdi. SHu yo‘nalishda talabalarimizning ilmiy maqolalari umumiy xajmi 150 ga yaqin ishlar.

Iqtidorli talabalarimizni rag‘batlantirish, ularni izlanishlarida malakali yordam berish, o‘z fiklarini erkin yoritib berish, ilmiy anjumanlarda, davra suhbatlarida o‘zlarini tadqiqotlari balan bemalol fikr almashinish va muloqotda bo‘lish maqsadida kafedramizda Iqtidorli talabalar ilmiy to‘garagi tashkil etilgan

“San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasining ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy xamkorlik faoliyatlari

San’atshunoslik ilmiy tadqiqot institute O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi qoshidagi “Xoreografiya koledji”

Respublika Estrada – sirk kolleji

Toshkent Madaniyat  kolledji

A.Navoiy nomidagi Davlat Akademik Katta Teatri

Muqimiy nomidagi Toshkent davlat musiqali drama teatri

M.Turg‘unboeva nomidagi “O‘zbek raqs” Milliy raqs birlashmasi

Bugungi kunda bakalavr darajasida xoreografiya tizimida bilim olishni rivojlantirish majmua vazifasiga kiradi, xoreografiya san’ati va san’atshunoslik (raqsshunoslik) yo‘nalishlarida OTM ning keyingi tuzulishi (magistratura)ga ilmiy asoslangan vorislik tayyorlash ishlab chiqildi.

Xozirgi kunda kafedrada san’atshunoslik fanlari nomzodlari – dotsent T.I.Yuldashev, katta o‘qituvchi P.I.Tashkenbaev, shunigdek, katta o‘qituvchilar N.A.Alimdjanova va SH.V.Umarov, o‘qituvchilar F.M.Nasibulina, I.M.Imankulova, magistratura bitiruvchilari M.A.Nizamutdinova va L.I.Nasibulinalar faoliyat olib borishmoqda.

O‘rindoshlik asosida kafedrada  san’atshunoslik fanlari doktorlari, professorlari M.T.To‘laxo‘jaeva, E.A.Muxtarov, dotsent S.S.Agzamxo‘jaeva, falsafa fanlari nomzodi, professor N.K.Qosimovlar faoliyat ko‘rsatib kelishmoqda.

So‘nggi yillarda kafedraning etakchi professor-o‘qituvchilari san’at nazariyasi, teatr tarixi, muzika nazariyasi va tarixi,  xoreografiya bo‘yicha san’atshunoslik mutaxassisligi,  baletshunoslik fanlariga oid rus tilidagi manbalarni o‘zbek tiliga tarjima qilishgan. Ular asosida o‘quv adabiyotlarning yangi avlodini yaratish ustida ish olib borilmoqda.