QISQACHA TARJIMAI HOLI

Gorlina Inna Grigoryevna – kafedra va oliy maktab ilmiy va ijtimoiy faoliyatiga о‘z hissasini qо‘shib kelayotgan yukori malakali mutaxassis. Umumiy staji 49 yil, shundan pedagogik staji 37 yil.

I.Gorlina Moskva shahridagi Davlat teatr san’ati institutini balet rejissurasi mutaxassisligi bо‘yicha bitirgan. Pedagogik faoliyatini Moskva davlat teatr san’ati instituti “Xoreografiya” kafedrasida boshlagan, sо‘ng Gnesin nomli davlat musika pedagogika institutida davom ettirgan.

U 1978 -1997 yillarda Toshkent davlat madaniyat instituti “Xoreografiya” kafedrasi о‘qituvchi, keyinchalik dotsenti lavozimlarida ishladi.

I.Gorlina 1997-2003 yillarda Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida “Xoreografiya” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat kо‘rsatgan.

I.Gorlina faol pedagogik, ilmiy-ijodiy, ma’naviy-ma’rifiy ish olib bormokda. I.Gorlina tomonidan “О‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” Fondining Pedagogik grantlar-2011 Dasturi bо‘yicha loyihaga asos bо‘lgan “Xorazm raqs madaniyati” monografiyasini tayyorlagan. Hozirda asosiy fan “Baletmeystrlik san’ati” fanidan dars berib kelmoqda.

Xalqaro, Respublika, oliy ta’lim muassasalari о‘rtasida о‘tazilgan ilmiy-amaliy konferensiyalarda ma’ruzalari bilan chiqqan. 2010 yil Xalqaro, oliy ta’lim muassasalari aro, Respublika konferensiyalarida            chiqishlari    uchun diplom va tashakkurnomalar olgan. I.Gorlina О‘zbekiston Respublikasining 20 yilligiga bagishlangan О‘zbekiston milliy universitetida bо‘lib о‘tgan Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan va sertifikatga ega bо‘lgan.

О‘zbekiston davlat konservatoriyasida 2002-2005 yillarda Oliy ta’lim muassasalararo konferensiyalariga talabalarni tayyorlagani uchun tashkkurnomalarga ega. I.Gorlina bir necha bora innovatsion va pedagogik texnologiyalar bо‘yicha malaka oshirgan.

Baletmeyster sifatida u 18 spektaklni postanovkasini amalga oshirgan. ular orasida Alisher Navoiy nomli davlat Akademik Katta teatri. Toshkent davlat operetta teatri. Muqimiy nomli Toshkent davlat musiqa-drama teatri. О‘zbekiston akademik rus drama teatri, “Ilhom” teatri va boshqa teatr saxnalarida 7 balet, opera, operetta, musika- dramatik spektakllar, musiqali shoular shular jumlasidandir.

О‘z pedagogik faoliyatida I.Gorlina innovatsion pedagogik texnologiyalarni qо‘llagan holda ilm, ijod va pedagogikani bir butun birlikka bog‘laydi. “Priglasheniye k tansu”, “Anor bayrami”, “Puteshestviye po Velikomu shelkovomu puti”, “Tashkent -varota Vostoka”, “Drevo jelaniy”, “Qо‘shig‘imni senga kuylayman”, “Ojerelye tansa” kabi innovatsion loyihalar tashabbuschisi bо‘lgan.