XOLMURODOVA MEXRINISA IBRAGIMOVNA

"XOREOGRAFIYA SAN`ATI" FAKULTET DEKANI v.b.

Qabul kunlari: Dushanba – Juma 9:00-15:00

Telefon: (71) 215-55-83

Email.: xolmurodova1971@mail.ru

ALIMOV BAXTIYOR XUSHNIDDINOVICH

"XOREOGRAFIYA SAN`ATI" FAKULTET DEKANI O`RINBOSARI

Qabul kunlari: Dushanba – Juma 10:00-15:00

Telefon: (71)256-37-06

Email.: alimov1187@mail.ru

SHUKURLAYEV MANSUR SODIQBOY O`G`LI

MA`NAVIYAT VA MARIFAT ISHLARI BO`YICHA DEKAN O`RINBOSARI

Qabul kunlari: Dushanba – Juma 10:00-15:00

Tel.: (71) 215-55-83

Email. shukurlayev91@list.ru

Fakultet tarixi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI

O‘ZBEKISTON MILLIY RAQS VA XOREOGRAFIYA SAN’ATINI RIVOJLANTIRISH TO‘G‘RISIDA

Milliy raqs va xoreografiya san’atini yanada rivojlantirish, o‘zbek raqs san’atining tarixiy an’analarini va usullarini tiklash, avaylab-asrash xamda boyitish, millatimizning o‘ziga xos sharqona fazilatlari, boy ma’naviyatiga monand raqslarni targ‘ib etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, milliy raqs yo‘nalishlari bo‘yicha uzoq muddatli, maqsadli dasturlar tayyorlash, raqs san’atini xalqimizning yuksak ma’naviyati va nozik didiga zid bo‘lgan, yuzaki, noo‘rin taqdidga asoslangan xatti-harakat va liboslar xurujidan saqlash, maxsus ta’lim tizimini takomillashtirish, malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni to‘laroq qondirish hamda bu soha tashkilotlarining moddiy negizini mustahkamlash maqsadida:
  1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, O‘zteleradiokompaniyasi va "O‘zbeknavo" gastrol-konsert birlashmasining "Bahor", "Lazgi", "Zarafshon" hamda "Tanovar" ansambllari negizida tanlov asosida Madaniyat ishlari vazirligi tizimida yangi Mukarrama Turg‘unboeva nomidagi milliy raqs birlashmasi ("O‘zbekraqs")ni tashkil etish haqidagi takliflari ma’qullansin.
"O‘zbeknavo" gastrol-konsert birlashmasi tasarrufida "Shodlik", "Chen-Chun" va uyg‘ur ansambllari negizida "O‘zbekiston" ashula va raqs ansambli tuzilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
  1. "O‘zbekraqs" birlashmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda hududiy bo‘limlariga ega mustaqil ijodiy-ishlab chiqarish tuzilmasi hisoblanib, uning mulkchilik shakllaridan va qaysi idora tasarrufidaligidan qat’i nazar, turli raqs jamoalarini birlashtirishi belgilab qo‘yilsin.
  2. Birlashma o‘z faoliyatini quyidagi vazifalarni amalga oshirishga qaratganligi e’tiborga olinsin:
o‘zbek xalqining asrlar davomida shakllangan va avloddan avlodga noyob meros sifatida o‘tib kelayotgan: jozibali raqs namunalarini to‘plash, boyitish, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod ongiga bu bebaho boyliklarga. chuqur hurmat va havas tuyg‘ularini singdirish, ularda milliy ma’naviyatimiz, qadriyatlarimizga nisbatan ehtirom xislarini yuksaltirish; mamlakatimizning barcha hududlaridagi raqs yo‘nalishlarini asrash, avaylash, shu asosda yangi badiiy jamoalar tuzish, mustaqillik ma’naviyatini va istiqlol: g‘oyalarini tarannum etuvchi, xalqimizga estetik zavq bag‘ishlovchi zamonaviy o‘zbek milliy raqs maktabini yaratish; birlashma tarkibidagi ijodiy jamoalarning, tashkiliy, moliyaviy, moddiy-texnik masalalarini echish, ularni musiqa asboblari, rang-barang raqs liboslari, zamonaviy radioelektron texnika, zarur anjomlar bilan ta’minlash; raqs san’atini O‘zbekiston xalqi, chet mamlakatlar jamoatchiligi orasida targ‘ib qilish, ansambllarning keng ko‘lamli dasturlarga asoslangan samarali gastrol faoliyatini uyushtirish, reklama-tijorat ishlarini yo‘lga qo‘yish.
  1. "O‘zbekraqs" birlashmasi tarkibidagi ansambllar yuridik shaxs bo‘lmagan badiiy jamoa sifatida faoliyat ko‘rsatishi va ularning har biri o‘z qiyofasiga, uslubiga ega bo‘lishlari belgilab qo‘yilsin.
Madaniyat ishlari vazirligiga bir oy muddat ichida "O‘zbekraqs" birlashmasining faoliyati haqida Nizomni tayyorlash va bu vazifalarni amalga oshirish uchun direksiya tarkibini tashkil qilish hamda Vazirlar Mahkamasi tasdig‘iga kiritish yuklansin.
  1. "O‘zbekraqs" birlashmasn, uning tasarrufidagi korxona va tashkilotlar barcha turdagi soliqlardan 5 yil muddatga ozod etilsin.
Soliqdan ozod etilishi natijasida yig‘ilgan mablag‘larning mamlakatimizda raqs san’atini yanada rivojlantirishga, birlashmaning moddiy-texnik negizini mustahkamlashga maqsadli sarflanishi belgilab qo‘yilsin.
  1. O‘zbek xoreografiya bilim yurti hamda Toshkent davlat madaniyat instituti "Xoreografiya" bo‘limi negizida oliy maxsus o‘quv yurtlari maqomidagi Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi tashkil etilsin, uning o‘quv teatri binosini qurish nazarda tutilsin. Oliy maktab qoshida mavjud boshlang‘ich (internati bilan) va o‘rta maxsus ta’lim bo‘g‘inlari saqlab qolinsin.
Quyidagilar Oliy maktabning asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin: bakalavr dasturi asosida milliy raqs va balet bo‘yicha baletmeysterlar, baletmeyster-rejissyorlar, raqs ijrochilari, o‘qituvchilar tayyorlash; magistr dasturi asosida milliy raqs va xoreografiya san’ati bo‘yicha ilmiy-pedagogik, ijodiy kadrlar tayyorlash; milliy raqs va xoreografiya san’ati bo‘yicha mutaxassislarnn qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish; San’atshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda o‘zbek raqs va xoreografiya san’ati tarixi, taraqqiyoti yo‘nalishlari bo‘yicha tadqiqotlar, darsliklar, metodik qo‘llanmalar yaratish; madaniyat va san’at o‘quv yurtlari, raqs jamoalarita uslubiy-ijodiy yordam ko‘rsatish, ularning faoliyatini ilmiy-nazariy jixatlardan muvofiqlashtirish.
  1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi, M. Turg‘unboeva nomidagi "O‘zbekraqs" birlashmasi binolarini ta’mirlash, zarur anjomlar va texnik vositalar bilan ta’minlash hamda ushbu Farmonda belgilangan boshqa vazifalarning bajarilishi uchun Madaniyat ishlari vazirligining buyurtmasiga muvofiq mablag‘ ajratsin.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir hafta muddatda amaldagi qonun hujjatlariga zarur o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlasin.
  3. Ushbu Farmonning bajarilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda tegishli qaror qabul qilsin.

O‘zbekiston Respublikasinnng Prezidenti I. Karimov

Toshkent shahri 08.01.1997 yil.    №PF-1695