Oliy maktabda Ekologiyani va atrof muhitni muhofazalash tadbiri o`tkazildi!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi farmoyishiga binoan joriy yilning avgust oyi  mamalakatimizda  obodonlashtirish va tozalik oyligi hamda 17-18 avgust umumxalq xayriya hashari kunlari, deb e’lon qilindi.

Ikki kun davomida Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi jamoasi ham bu galgi hasharga, yaqin kunlarda foydalanishga topshirilishi kutilayotgan yangi binoga o‘zgacha kayfiyatda yetib kelishdi.

Oliy maktab, ichki taraflari yanada obodonlashtirildi. Xususan, hashar kunlarida ariq va zovurlar tozalandi, chiqindilar tashkiliy ravishda chiqarib tashlandi. Daraxtlar oqlanib, gullar  begona  o‘tlardan tozalandi. Har bir  fakultetlar  o‘ziga ajratilgan hududlarni obodonlashtirib, yangi bino hududi ko‘rkiga ko‘rk qo‘shildi.