TOSHKENT DAVLAT MILLIY RAQS  VA XOREOGARFIYA OLIY MAKTABIDA IJODIY IMTIXONLAR JARAYONIDA SUHBATDAN O‘TADIGAN ABITURIENTLARGA

T A V S I YA L A R

         SUHBAT DAVOMIDA SIZ O‘ZINGIZNING OLIY MAKTABDA O‘QISHGA QANCHALIK AMALIY VA NAZARIY JIXATDAN TAYYOR EKANLIGINGIZNI NAMOYON ETISHINGIZ ZARUR.

QISQA VAQT ICHIDA ESA BUNDAY IMKONIYATLARNI NAMOYON ETISH OSON EMAS.

SHU SABABDAN SIZ QABUL KOMISSIYASI TOMONIDAN BERILGAN BIR NECHA SAVOLLARGA JAVOB BERISHINGIZ LOZIM.

SAVOLLARGA JAVOB BERAR EKANSIZ, SIZ IMKON QADAR TO‘G‘RI JAVOB BERISHGA HARAKAT QILING.

JAVOBLARDA SIZ O‘ZINGIZ YAXSHI BILADIGAN SAN’AT ASARLARI TO‘G‘RISIDA GAPIRISHGA HARAKAT QILING, ZERO, SIZGA YAXSHI TANISH BO‘LGAN SAN’AT ASARI TO‘G‘RISIDA MUKAMMAL, PUXTA VA ATROFLICHA GAPIRISH MUMKIN BO‘LADI.

SAVOLLARGA JAVOB BERAYOTGANDA TORTINMASDAN, KO‘RQMASDAN ANIQ MISOLLAR BILAN GAPIRING. BIROR SAVOLGA JAVOB BEROLMASANGIZ RUXAN TUSHMANG, CHUNKI INSON HAR DOIM HAM HAMMA NARSANI BILOLMASLIGI MUMKIN, AKSINCHA U HAR DOIM IZLANISHDA, O‘RGANISHDA BO‘LADI.

ALLOMALARIMIZ “BESHIKDAN TO QABRGACHA ILM ISTA” DEB BEJIZ AYTISHMAGAN.

SIZNING QARSHINGIZDA G‘ARAZ NIYATLI  KISHILARDAN IBORAT KOMISSIYA EMAS, BALKI SIZGA USTOZLIK QILADIGAN, SIZGA RAQS SAN’ATI SIRLARINI O‘RGATADIGAN AJOYIB MURABBIYLAR, SAN’AT NAMOYONDALARI O‘TIRISHIBDI.

SHUNDAY EKAN SIZ O‘ZINGIZNI ERKIN TUTIB, BERILGAN SAVOLLARGA SHOSHILMASDAN TO‘G‘RI JAVOB BERISHGA HARAKAT QILING.

SIZGA OMAD YOR BO‘LSIN!

 QABUL KOMISSIYASI