Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining 2020 yil 11 noyabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6 noyabrdagi “Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini taʼsis etish toʼgʼrisida”gi 691-son qarori ijrosini taʼminlash” toʼgʼrisidagi №586-sonli buyrugʼi asosida Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi taʼsis etildi.

Mazkur davlat stipendiyasi tanlovida quyidagi yoʼnalishlar boʼyicha:

-dastgohli rangtasvir, rangtasvir (turlari boʼyicha);

-grafika va miniatyura, haykaltaroshlik (turlari boʼyicha);

-dizayn (turlari boʼyicha);

-sanʼatshunoslik va muzeyshunoslik (turlari boʼyicha)

akademiyaning oxirgi ikki kursida taʼlim olayotgan bakalavriat bosqichi talabalari ishtirok etishlari mumkin.