Joriy yilning 28 noyabr  kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida magistrlik dissertatsiyalari bo’yicha ilmiy seminar o’tkazildi.

2-kurs magistranti  Alevtina Boreyko Определания значимости совреманново танца в Узбекистане: Проблемы развития и совершенствование(“O’zbekistonda zamonaviy raqsning ahamiyatini aniqlash: Rivojlanish muammolari va takomillashtirish) mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi bilan  tanishtirdi. Seminarda akademiyaning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bо’yicha prorektori M.K.Gafurov, Magistratura bo’limi boshlig’i M.U.Adasheva,  Innovatsion bo’lim hamda  Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi xodimlari, magistrrning ilmiy rahbari “San`at nazariyasi va tarixi” kafedrasi mudiri, san`atshunoslik fanlari nomzodi  P.I.Tashkenbayev, “Xoreografiya” kafedrasi mudiri D.M.Abduxakimova, akademiyaning professor o’qituvchilari hamda 1-2 kurs magistrantlari ishtirok etdilar.

Taqdimot davomida magistrant Alevtina Boreyko tanlagan mavzusi bilan tanishtirar ekan, mavzuni slayd orqali nazariy jihatdan yoritib о’z fikrlarini bayon etdi. Magistrlik dissertatsiyasini yozish jarayonida mavzuni to’liq va ilmiy jihatdan mukammal yozish uchun  ilmiy rahbari boshchiligida aniq belgilab olingan maqsad va vazifalar asosida ish olib borayotgani haqida gapirdi.

Mavzuning dolzarbligi va muhimligi yig’ilganlarda katta qiziqish uyg’otdi. So’zga chiqqan M.K.Gafurov, D.M.Abduxakimova hamda professor o’qituvchilar tanlangan mavzuni qanchalik dolzarbliligi, uni professional darajada ochib berish uchun ko’p izlanishlar olib borish zarurligini ta’kidlab o’tdilar. Magistrantlar bilan mavzu yuzasidan bo’lib o’tgan savol-javoblar bilan seminar yanada qiziqarli hamda bahs-munozaralarga boy tarzda о’tdi.