О’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining “Xoreografiya” kafedrasida “Klassik trenaj” fanlaridan ochiq darsi o’tkazildi!

Joriy yilning 25 noyabr kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining “Xoreografiya” kafedrasida “Xoreogafiya jamoalari rahbari” ta’lim yo’nalishining I-bosqich talabalari bilan o’qituvchi G.E.Abdiyevaning  “Klassik trenaj” fanidan “Petits battements Sur le coup-de-pied” mavzusidagi ochiq darsi o’tkazildi.

Seminarda akademiyaning “Xoreografiya san’ati” fakulteti dekani M.I.Xolmurodova, “Xoreografiya” kafedra mudiri D.M.Abduxakimova, kafedraning  professor o’qituvchilari hamda barcha pedagog-xodimlari ishtirok etdilar.

Fan o’qituvchisi Gulishod Esonbekovna talabalarni yangi mavzu bilan tanishtirib, “Petits battements Sur le coup-de-pied” harakatini o’rganish uchun harakatni uslubiy tahlil qilib berdi so’ngra, mavzu yuzasidan tayyorlangan prezentasiya namoyish etildi. Ochiq darsning amaliy qismida “Petits battements Sur le coup-de-pied” harakati o’qituvchi tomonidan tushuntirib ko’rsatib berilgach, talabalar tomonidan yangi harakat o’rganilib ijro etildi. Ochiq dars yakunida mavzu mustahkamlanib, talabalar foydalanishlari uchun mavzuga oid adabiyotlar bilan tanishtirildilar.

Tanlangan ochiq dars mavzusi yig’ilganlarda katta qiziqish uyg’otdi. So’zga chiqqan kafedra mudiri hamda kafedraning professor o’qituvchilari mavzuning xoreografiya sohasida qanchalik muhim o’rin tutishi, uni professional darajada ochib berish uchun mavzuga oid adabiyotlarni  o’qib-o’rganish hamda o’rganilgan harakatni ko’proq amaliy bajarish zarurligini ta’kidlab o’tdilar. Yig’ilganlar ochiq darsning yutuq va kamchiliklari haqidagi o’zlarining fikr-mulohazalarini bildirdilar.

O’tkazilgan ochiq dars  savol-javob hamda bahs va munozaralarga boy tarzda о’tdi.