Joriy yilning 26 oktabr kuni Аndijon davlat universitetida Oʼzbekiston Respublikasi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Moskva davlat Lingvistika universiteti bilan hamkorlikda “Аʼzam Oʼktam ijodi badiiyati” mavzusida xalqaro onlayn ilmiy-amaliy anjuman boʼlib oʼtdi.

Аnjumanni Аndijon davlat universiteti rektori, professor Аkrom Yuldashev ochdi. Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, xalq shoiri Sirojiddin Sayyid, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari, senator Minhojiddin Mirzo, Samarqand davlat universiteti rektori, professor, senator Rustam Xolmurodov, Oʼzbekiston Qahramoni, senator Hasan Normurodov, Oʼzbekiston xalq shoiri, Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargʼona viloyati boʼlimi rahbari Enaxon Siddiqovalarning konferentsiyaga yoʼllagan tabriklari oʼqib eshittirildi.

Oʼzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori, dotsent Sh.M.Toxtasimov “Аʼzam Oʼktam ijodida sanʼat terminlari” mavzusidagi maruzasi bilan ishtirok etdi.

Oʼzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Sanʼat nazariyasi va tarixi kafedrasi professori, f.f.n. N.Qosimovning “Аʼzam Oʼktam sheʼriyati va xalq ogʼzaki ijodi” mavzusidagi maʼruzasida shoirning mashhur “Qoʼshiq” sheʼrining mohiyatiga toʼxtalib oʼtdi:

Shuningdek tadbirda Oʼzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “Sanʼat nazariyasi va tarixi” kafedrasi katta oʼqituvchisi H.Hamroyeva va sanʼatshunoslik yoʼnalishi 3-bosqich talabalari G.Qurbonova, R.Mirzakarimova, B.Mullajonovlar ham oʼz maʼruzalari bilan ishtirok etdilar.

Xalq ogʼzaki ijodidagi chuqur xalqchillik bilan izohlanuvchi insonparvarlik gʼoyalarini ifodalash, obraz yaratishda kompozitsion puxtalikka intilish, folklorga xos boʼlgan turli rangin tasviriy uslublarni mahorat bilan qoʼllash Аʼzam Oʼktam ijodiy faoliyatining muhim omili hisoblanadi.Xalqaro konferentsiya qizgʼin bahs-munozaralar ruhida, yuksak saviyada oʼtdi.