Joriy yilning 20 oktabr kuni О`zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida О`zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganining 31 yilligiga bag`ishlangan “Oliy ta`lim muassasalarida о`zbek tilini davlat tili sifatida о`qitilishini yanada takomillashtirishning innovatsion usullari va dolzarb muammolari” mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy seminar onlayn shaklda bo’lib o’tdi.

Seminarda Moskva, Qozog’izton Respublikasi vakillari onlayn shaklda, О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bо‘yicha prorektor, “Oʼzbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri M.Murodova, “Sanʼat nazariyasi va tarixi” kafedrasining katta o’qituvchisi, filologiya fanlari nomzodi H.H.Hamroyeva,  E.Vohidov, Ogahiy, A.Qodiriy nomli ijod maktablari o’qituvchilari va o’quvchilari, san’at va madaniyat sohasi mutaxassislari, kafedra mudirlari, professor-о‘qituvchilar ishtirok etdilar.

Seminarni kirish sо’zi bilan О’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori Sh.M.Toxtasimov ochib аkаdemiyaning fаhriy oʼqituvchisi, Oʼzbekiston xalq artisti, yoshlarning sevimli murabbiysi, Gavhar opa Matyoqubovaga tavallud ayyomi munosabati bilan hamda milliy madaniy merosimiz, nomoddiy meros durdonasi boʼlgan “Xorаzm rаqsi-lаzgi” ni YUNESKO  roʼyxatiga kiritishdagi fidokorona mehnati uchun “Oltin meros” medalini tantanali ravishda topshirdi.

Seminar davomida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari, senator M.M.Xojimatovning “Qadring baland bo’lsin, ona tilim”, O’zMU professori, falsafa fanlari doktori Yevropa Tabiiy fanlar akademiyasi akademigi R.R.Sayfullayevaning “Ona tili – millatning ruhi”, O’zR Innavasion rivojlanish vazirligi Bosh ilmiy kotibi, falsafa fanlari doktori, professor N.S.Mamadaliyevaning “O’zbek tili ta’limi taraqqiyotida innovasion texnologiyalarning roli”, Moskva davlat Lingvistika universiteti dosenti, pedagogika fanlari nomzodi B.X.Qorayevaning “O’zbek tili-milliy o’zlik tili” (Moskva), Qozog’iston Respublikasi Chimkent shahridagi 53-maktab o’qituvchisi S.A.G’aniyevning “Janubiy Qozog’iston maktablarida o’zbek tili va adabiyoti ta’limi”(Qozog’iston Respublikasi), OAK raisining o’zbek tili bo’yicha maslahanchisi N.I.Sharipovaning “Ona tili taraqqiyoti va milliy iftixor”, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bo’lim boshlig’I, shoira F.Xudoyqulovaning “Ona tilim-qudrat manbai”, Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlari doktori M.H.Baratovning “O’zbek tilining davlat tili sifatidagi huquqiy asoslari”, TDAU dosenti, filologiya fanlari nomzodi S.Sh.Xolmirzayevaning “T.Qayipberganov va o’zbek adabiyoti”, O’zDXA o’qituvchisi, O’zbekiston xalq artisti, “Oltin meros” medali sohibasi G.Matyoqubovaning “Xorazm raqs maktabi terminlari”, O’zDXA katta o’qituvchisi, filologiya fanlari nomzodi H.H.Hamroyevaning “Milliy til va milliy raqs san’ati”, O’zDXA dosenti M.Murodovaning “Ona tilim-ajdodlardan qolgan merosim” mavzularidagi  ma’ruzalari “Adabiyot gulshani” to’garagi qatnashchilarining chiqishlari tadbir qatnashchilari hamda tinglovchi sifatida (onlayn shaklda) ishtirok etgan talaba va magistrantlarda ham juda katta taassurot qoldirdi.