Joriy yilning 10 mart kuni О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida О‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda  talaba-yoshlarning startap-loyihalari tanlovini tashkil etish  yuzasidan  seminar-trening bо‘lib о‘tdi.

Seminarda О‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti  korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi bо‘lim boshlig‘i о‘rinbosari Farhod Esanov, “Ekogen Invest” kompaniyasi startap loyihalari bо‘yicha yetakchi mutaxassisi Nodir Haydarov, О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Ilmiy va innovatsiyalar bо‘yicha prorektori M.G‘ofurov, Iqtidorli talabalarning  ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bо‘limi boshlig‘i SH.Xudoynazarovalar tomonidan akademiya talaba-yoshlariga startap-loyihalarini amalga oshirish bо‘yicha keng tushuntirish va maslahatlar berildi.

Shuningdek, talabalarning yangi g‘oyalari, startaplari va innovatsion izlanishlar borasidagi fikr-mulohazalari tinglanib, ularga zarur yо‘l-yо‘riqlar kо‘rsatildi.

Tadbir yakunida “Eng yaxshi   innovatsion g‘oya”, “Eng yaxshi mustaqil ish”, “Eng yaxshi ijodiy yondoshuv” va “Innovatsion ta’lim” loyihalari bо‘yicha о‘tkazilgan dastlabki tanlov g‘oliblari Ruxsora Aytmirzayeva, Rustam Pardaboyev, Sitora Narzullayeva va Behzod Mustafoyevlar munosib taqdirlandilar.