О‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov va О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori Shuhrat Toxtasimov milliy raqslarni rivojlantirish bо‘yicha о‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.

Kelishuv doirasida xalq ta’limi tizimidagi umumiy о‘rta ta’lim muassasalarida milliy raqslar targ‘iboti о‘tkazilib, tо‘garaklar tashkil etadi.

Ma’lumki, akademiyada milliy raqslar bо‘yicha ta’lim beruvchi xoreograf-о‘qituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari faoliyat yuritadi. Shuningdek, akademiyada milliy raqslarga qiziqishi bо‘lgan iqtidorli о‘quvchilarni saralash bо‘yicha maxsus guruhlar tashkil etilgan.

Tomonlar о‘quvchi yoshlarning xoreografiya va milliy raqslarga bо‘lgan qiziqishini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi. Shu bilan birga, boshqa qо‘shma tadbirlarni о‘tkazib, о‘zaro munosabatlar va hamkorlikni rivojlantiradi.