Joriy yilning 28 fevral kuni О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “Xoreografiya san’atida axborot texnologiyalaridan foydalanish” fani bо‘yicha Respublika fan olimpiadasi  I – bosqichi bо‘lib о‘tdi.

Mazkur tanlov О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 7 apreldagi 123 – sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari respublika fan olimpiadasi tо‘g‘risidagi Nizom”da kо‘rsatilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida hamda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bо‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bо‘yicha 5 ta muhim tashabbusdan uchinchi tashabbus: “Aholi va yoshlar о‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish” kabi yо‘nalish asosiy yо‘l siftida belgilab olingandir.

Ushbu olimpiadada “Olimpiada – 2020”ga qо‘yiladigan mavzular bо‘yicha kelishilgan, rahbarlarning takliflari inobatga olingan va uch shart bо‘yicha olimpiada о‘tkazilishi rejalashtirilgan. Jumladan, quyidagi shartlarda:

1 – shart – “Xoreografiya sa’atida axborot texnologiyalari” mavzusida taqdimot yoki videorolik tayyorlash;

2 – shart  – “Xoreografiya sa’atida axborot texnologiyalaridan foydalanish” fanidan amaliy ish topshiriqlarini kompyuterda bajarish;

3 – shart – “Xoreografiya san’atida axborot texnologiyalaridan foydalanish” fanidan test topshirig‘iga javob berish.

Ishtirokchilar yuqoridagi shartlar asosida tashkiliy qо‘mita a’zolari tomonidan baholandi. Har bir bosqich baholari umumlashtirilib, g‘oliblar aniqlandi. G‘oliblarga va faol ishtirok etgan talabalarga faxriy yorliq hamda fan bо‘yicha kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi. Fan olimpiadasi kо‘tarinki ruhda tashkil etildi.

   

Ravshan XURRAMOV  О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi matbuot xizmati kotibi