Joriy yilning 18 fevral kuni О‘zbekiston Davlat xoreografiya akademiyasida “Ijtimoiy – gumanitar fanlar” kafedrasi katta о‘qituvchisi Mavluda  Adasheva muallifligida  “Xoreografiya san’atida axborot texnologiyalaridan foydalanish” fani bо‘yicha nashr ettirilgan о‘quv va uslubiy qо‘llanmalarining taqdimoti bо‘lib о‘tdi.

Mazkur tadbirda Ilmiy ishlar va innovasiyalar bо‘yicha prorektor  M.G‘ofurov, “Axborot resurs markazi” rahbari M.Pо‘latova, “Ijtimoiy – gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri  D.Qosimova hamda talaba – yoshlar ishtirok etishdi.

Taqdimotda sо‘zni Ilmiy ishlar va innovasiyalar bо‘yicha prorektor  M.G‘ofurov ochib berib, hozirgi kunda kitob mutolaasi borasida yoshlarimizning, qolaversa, barcha yosh vakillarining munosabati susayib ketayotganligi va bu holat insonning ma’naviy dunyosini shakllanmasdan qolishiga olib kelayotganligi tо‘g‘risida tо‘xtalib о‘tdi.

“Axborot resurs markazi” rahbari M.Pо‘latova о‘z nutqi davomida: – “Hozirgi paytda kitob о‘qish uchun barcha shart – sharoitlar yaratilib berilgan, siz – u bizdan talab qilinadigan narsa faqat va faqat о‘qish. Mana shunday imkoniyatlarga munosib bо‘laylik, gapda emas amalda ham bajaraylik”.

Muallif tomonidan nashr ettirilgan о‘quv va uslubiy qо‘llanmalar quyidagilarni tashkil etadi:

  • “WINDOWS XP operatsion tizimi” 2011- yil о‘quv uslubiy qо‘llanma.
  • “Elektron pedagogika asoslari” 2015 – yil uslubiy qо‘llanma.
  • “Microsoft Office dasturi imkoniyatlari” 2013-yil о‘quv uslubiy qо‘llanma.
  • “Internet texnologiyalari” 2014-yil uslubiy qо‘llanma.
  • “INTERNETDA INTERAKTIV XIZMATLAR” 2015-yil о‘quv uslubiy qо‘llanma.
  • “CASE-STUDY TEХNOLOGIYASI” 2016- yil о‘quv uslubiy qо‘llanma.
  • “SPORT AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI” 2019-yil о‘quv qо‘llanma.

Ushbu kitoblarning barchasi talaba – yoshlar foydalanishi uchun akademiyaning “Axborot resurs markazi”ga topshirildi.

    

                                                                             Ravshan XURRAMOV  О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi  matbuot xizmati kotibi