13 – 18 fevral kunlari Germaniyaning Berlin shahrida bо‘lib о‘tgan xalqaro “TANZOLYMP 2020 Internationales TanzFestival” tanlovida О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining “Kasbiy ta’lim” yо‘nalishi 3 – kurs talabasi Doston Turg‘unov ishtirok etib nufuzli 3 – о‘rinni qо‘lga kiritdi.

– Ushbu konkursda Amerika Qо‘shma Shtatlari, Kuba, Avstraliya, Shveysariya, Turkiya, О‘zbekiston, Qozog‘iston va dunyoning kо‘plab mamlakatlaridan ishtirokchilar qatnashib, о‘zlarining mahoratlarini kо‘rsatishdi. Bu tanlovda  balet, zamonaviy raqs yо‘nalishlarida jami 895 ta mahorat egalari qatnashdi – deydi Doston Turg‘unov.

Mazkur tanlovda D.Turg‘unov “Korsar” balet spektaklidan Raba Ali variatsiyasi hamda “Esmeralda” balet spektaklidan Acteon variatsiyasini ijro etdi.

Ma’lumot о‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, 1 – о‘rin Shveysariya,    2 – о‘rin Turkiya, 3 – о‘rin О‘zbekistonlik yosh, iqtidorli  balet ijrochisiga nasib etdi.

Akademiyamiz ma’muriyati nomidan Doston Turg‘unovga omad va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

  

                                                                               Ravshan XURRAMOV

    О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi matbuot xizmati kotibi