Joriy yilning 31 yanvar kuni Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktabida О‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning  82 yilligi munosabati bilan “Islom Karimov – mustaqil О‘zbekiston asoschisi” mavzusida ma’naviy – ma’rifiy  tadbir bо‘lib о‘tdi.

Mazkur tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Ma’rifat” targ‘ibotchilari guruhi a’zolari Toshkent davlat yuridik Universiteti professori, yuridik fanlari doktori Feruza Muhitdinova hamda О‘zbekiston Milliy Universiteti professori, Sotsiologiya fanlari doktori Tо‘lqin Alimardonov hamda ushbu maktabning о‘qituvchilari, о‘quvchi  – yoshlari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida birinchi Prezidentimizni xotirlab, ularning mustaqil yurtimiz uchun amalga oshirib ketgan bunyodkorlik ishlari haqida sо‘z yuritildi.

О‘quvchi – yoshlar ushbu tadbirdan о‘zlariga kerakli bо‘lgan ma’lumotlarni olishdi. Tadbir sо‘nggida maktabning bir guruh о‘qituvchi va talabalari  Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat Markazining sovrinli kitoblari bilan taqdirlandi.

 

Ravshan XURRAMOV

TDMRXOM matbuot xizmati kotibi