Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 2020 yil 27 yanvarda imzolangan qо‘shma qarorda bu borada tegishli normalar kiritildi.

Qо‘shma qarorga muvofiq, 2020 yilning 1 fevralidan boshlab 2021 yilga qadar tegishli OTMlarning 17 447 nafar talabasi respublikadagi 213 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabi va 12 ta “Bolalar kutubxonalari”da amaliyot olib borishadi.

Talabalar amaliyot davomida Prezident tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus doirasida tо‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etadi, о‘quvchilarni tо‘garaklarga jalb qilish, ularga о‘z iqtidorini namoyon qilishga yordam beradi.

Toshkent shahridagi Turin politexnika va Inxa universiteti talabalari esa о‘quvchilarga robototexnika, mexatronika hamda dasturiy ta’minotni о‘rgatishadi.

Pedagogik amaliyotda faol ishtirok etgan va tashabbus kо‘rsatgan talabalar vazirlik sertifikati bilan taqdirlanadi.