Joriy  yilning 22 yanvar kuni Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabining professor – о‘qituvchilari hamda talabalari  Abdulla Qodiriy muzeyiga tashrif buyurdilar.

Muzey tomon qadam qо‘yar ekansiz, milliy an’analarimizga monand tarzda bunyod etilgan bino kо‘z oldingizda namoyon bо‘ladi. Butun bir binoni kо‘zdan kechirib, olis tarix bilan zamonaning uyg‘unlashib ketganligiga guvoh bо‘lasiz. Albatta, bu uyg‘unlik: har bir xonadagi bejirimlik hamda Abdulla Qodiriy hayoti va ijodiga mansub bо‘lgan asarlardan namunalar fotolavhalarda о‘z aksini topadi.

Ushbu muzeyda barcha yosh vakillariga kitob mutolaa qilish uchun shart – sharoitlar yaratib berilgan.

Xoreografiya oliy maktabi talabalari ushbu muzeyga keyinchalik ham tashrif buyurishni va bu yerdagi imkoniyatlardan oqilona foydalanishni о‘z oldiga maqsad qilib qо‘ydi.

Ravshan XURRAMOV TDMRXOM matbuot xizmati kotibi