Ma’lumki, har bir mustaqil davlatning о‘z armiyasi bor bо‘lib, u millatning shon – sharafi, g‘urur – iftixori hisoblanadi.

Yurtimizning barcha maskanlarida keng nishonlanayotgan 14 yanvar-“Vatan himoyachilari” bayrami Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida ham “Milliy armiyam bayrami – mening bayramim” shiori ostida kо‘tarinki ruhda nishonlandi.

Oliy maktab talabalari tomonidan tayyorlangan serjilo raqslar va  kichik sahna kо‘rinishlari barchaning etiborini о‘ziga tortdi.

Ayniqsa, О‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi vakillarining chiqishi haqiqiy mardonavor, yuraklarni larzaga keltirib yuboradigan, vatanga bо‘lgan mehr – muhabbatni, tinchlik – omonlikning shukrini beradigan ajoyib sahna kо‘rinishi bо‘ldi, desak, mubolag‘a bо‘lmaydi.

Qolaversa, tadbir sо‘ngida Oliy maktabda Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bо‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bо‘yicha 5 ta muhim tashabbus doirasida о‘tkazilgan tadbir ishtirokchilarini taqdirlash marosimi ham bо‘lib о‘tdi. Oliy maktab xotin – qizlar qо‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raisi Mavluda Adasheva  tadbir ishtirokchilariga faxriy yorliqlar  va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

   

Ravshan XURRAMOV

TDMRXOM matbuot xizmati kotibi