Joriy yilning 15 yanvar kuni Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi rektori SH.M.Toxtasimov boshchiligida talabalar turar joyida yashovchi yoshlar bilan ochiq muloqot uchrashuvi bо‘lib о‘tdi.

-Har bir inson о‘zi yashab turgan joyini toza-ozoda saqlashga mas’ul hisoblanadi. Chunki, har birimiz о‘z yashab turgan maskanimizni toza tutsak, albatta, biz о‘shanda  sog‘lom hayot kechirishimiz uchun zamin yaratgan bо‘lamiz – deydi, – Oliy maktab rektori SH.Toxtasimov.

Shuningdek, ochiq muloqot shaklida bо‘lib о‘tgan mazkur uchrashuvda talaba-yoshlar о‘zlarini qiziqishlari hamda mavjud muammolari yuzasidan fikr – mulohalar bildirishdi.

Talabalar yaratilgan shart-sharoitlardan mamnun ekanligini bildirib, mana shunday imkoniyatlarga monand tarzda a’lo baholarga о‘qishlari kerakligini ta’kidlab о‘tishdi.

 

Ravshan XURRAMOV

TDMRXOM matbuot xizmati kotibi