О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 3 dekabrdagi 967-sonli Qaroriga  (https://lex.uz/docs/4628440)muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan yurtimizdagi 10 ta oliy ta’lim muassasasi: Toshkent davlat iqtisodiyot, Toshkent davlat yuridik, Urganch davlat va О‘zbekiston davlat jahon tillari universitetlari, Samarqand davlat chet tillar, Samarqand iqtisodiyot va servis, Toshkent moliya, Toshkent davlat sharqshunoslik, Toshkent farmasevtika va Toshkent temir yо‘l muhandislari institutlari tajriba-sinov tariqasida о‘zini о‘zi moliyalashtirish tizimiga о‘tadi.

Mustaqil moliyalashtirish tizimiga о‘tadigan oliy ta’lim muassasalarida davlat granti va tabaqalashtirilgan tо‘lov-kontrakt asosida kadrlar tayyorlash davom etadi. Bu esa qabul kvotalarini nafaqat saqlab qolish, balki ularni oshirish imkonini beradi.

О‘zini-о‘zi moliyalashtirish oliy ta’lim muassasalarining tо‘lig‘icha xususiy sektorga о‘tib ketishini anglatmaydi, balki ularga mustaqil rivojlanish, ta’lim sifatini oshirish uchun mavjud resurslardan foydalanishda erkinlik beriladi.

Yangi tizimga о‘tayotgan oliy ta’lim muassasalarida tо‘lov-kontrakt narxlarining keskin oshib ketishi, qо‘shimcha mablag‘ topish maqsadida mavjud imkoniyatlarga zid ravishda ortiqcha qabulning amalga oshirilishi, eng muhimi sohada korrupsiyaga yо‘l qо‘ymaslik uchun mazkur 10 ta oliy ta’lim muassasasidagi о‘quv jarayonlari Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda qat’iy nazorat qilib boriladi.