Boloniya deklaratsiyasi bо‘yicha kreditli ta’lim (Qozog‘iston milliy xoreografiya akademiyasi misolida) taqdimoti bo`lib o`tdi!

Joriy yilning 26 dekabr kuni  Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida “Boloniya deklaratsiyasi bо‘yicha kreditli ta’lim” mavzusida  taqdimot bо‘lib о‘tdi. Ushbu tadbirni Oliy maktab О‘quv va tarbiyaviy ishlari bо‘yicha prorektori Jahongir G‘aniyev olib bordi.

Ma’ruzachi tomonidan ushbu taqdimotda 1998 yili Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Italiya ta’lim vazirlari Sorbonna universitetining 800 yilligida uchrashib, Yevropa oliy ta’limidagi segmentatsiya fan va ta’limning rivojlanishiga tо‘sqinlik qilayotganligi  uchun Sorbonna deklaratsiyasini imzolashgani, 1999 yil 19 iyunda 29 ta Yevropa davlatlari Boloniya deklaratsiyasini qabul qilishgani haqida ma’lumot berib о‘tildi.

Shuningdek, Boloniya ta’lim tizimini 2003 yil Rossiya, 2005 yil Ukraina, Ozarbayjon, Armaniston, Moldova va Gruziya kabi davlatlar qabul qilishgan. 2010 yilda Qozog‘iston Boloniya jarayoniga qabul qilingan.     2015 yilda esa Belorussiya Boloniya jarayoniga shartli qabul qilingan. Hozirgi kunda Boloniya deklaratsiyasini 48 ta davlat imzolagan.

Boloniya uch davriy tizimli bо‘lib, uning asosiy yо‘nalishlaridan biri oliy ta’limning ketma – ket keladigan uch davri, ya’ni, uch daraja – bakalavr, magistr va doktor darajasiga ega bо‘lish imkonini beradi.

ECTS (European Credit Transfer and Accumulation system-Yevropa kredit transfer qilish va yig‘ish tizimi) – amaliyotda bu tizim dasturiy kurslar faoliyati bilan bog‘liq holatlarni qiyoslashni yengillashtiradi va tushunishni ta’minlaydi. Talabalar mobilligiga imkon beradi.

Boloniya tizimida talaba bakalavriatda 3 yoki 4 yil о‘qishi va 180 yoki 240 ECTS kredit olishi zarur. Magistraturada 1 yoki 2 yil о‘qib, 60 yoki 120 ECTS kredit yig‘ish talab qilinadi.

Kredit modul tizimning ijobiy tomonlari – oliy ta’lim muassasasi diplomlari xalqaro tan olingan bо‘ladi. Akademik mobillik va xalqaro aloqalar uchun katta imkoniyatlar ochiladi. Oliy ta’lim muassasalari Boloniya deklaratsiyasiga a’zo davlatlarning moliyalashtirilgan loyihalarida ishtirok etishlariga keng yо‘l ochiladi. TMI (CPC) – talabaning mustaqil ishi soatlari о‘qituvchining о‘quv soatlari yuklamasiga qо‘shiladi. Sessiyadan о‘ta olmagan talabalar pullik asosda yozgi 6 haftalik maktabda tegishli kursni о‘qib qayta imtihon topshiradi. A’zo OTMlarning ilg‘or tajribalari va imkoniyatlari tufayli bitiruvchilarga mehnat bozorida talab yuqori bо‘ladi.