Joriy yilning 23 dekabr kuni Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida “Xalqaro ilmiy jurnallarga maqolalar yozish va chop ettirish masalalari” mavzuida о‘quv seminari bо‘lib о‘tdi.

Mazkur о‘quv seminariga О‘zbekiston Dalat Konservatoriyasining  Ilmiy pedagog kadrlarni tayyorlash  bо‘limi boshlig‘i Baxtiyor Ashurov va О‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi qoshida tashkil etilgan “Musiqa” jurnalining muharriri, San’atshunoslik fanlari doktori (PhD), 2-bosqich doktaranti (Doktor of science) Shoyista G‘anixanovalar tashrif buyurishdi.

Ushbu seminar Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabining professor-о‘qituvchilari, yosh doktorantlari va magistrlari uchun kelgusida о‘z sohasida ilmiy ishlar olib borishda va ilmiy salohiyatlarini oshirishda katta ahamiyat kasb etishi shubhasiz.

Shuningdek, о‘quv seminari davomida professor-о‘qituvchilar va yosh ilmiy xodimlarga xalqaro miqyosdagi  ilmiy jurnallarga maqola tayyorlash borasida bir qancha  kо‘rsatmalar berib о‘tildi.