Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “О‘zbekiston Respublikasida yoshlar turizmini rivojlantirishga oid chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

(https://regulation.gov.uz/uz/document/11004)Qarror loyihasida,  ichki turizmni rivojlantirish doirasida о‘quvchi va talabalar hamda ularning ota-onalari sayohatlarini samarali tashkil etish maqsadida barcha umumiy о‘rta ta’lim maktablari, oliy va о‘rta maxsus ta’lim muassasalarida besh kunlik о‘qish tizimini joriy etish hamda turizm mavsumini uzaytirish maqsadida yozgi ta’til muddatini qisqartirish hisobidan qishki ta’til davrini uzaytirish bо‘yicha taklif ishlab chiqish belgilangan.

Hujjatga kо‘ra, О‘zbekistonda xorijdagi nufuzli ta’lim muassasalarining yozgi (“Summer Camp”) va qishki (“Winter Camp”) lagerlarni tashkil etish, yurtimizning diqqatga sazovor shaharlarida Yevropa, MDH va uzoq sharq mamlakatlari yoshlarini birlashtiruvchi yirik forum, kongress, konferensiya va shu kabi boshqa tadbirlarni о‘tkazish ham belgilangan.