Bugun, 6 dekabr kuni “Zarafshon” konsert zalida Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Elsevier (Niderlandiya) kompaniyasi tomonidan yil davomida samarali faoliyat kо‘rsatgan о‘zbekistonlik yetakchi olimlarni taqdirlash  «Scopus Award–2019» marosimi bо‘ldi.

Tadbirda Bosh vazir о‘rinbosari Aziz Abduhakimov, vazirlik va tashkilotlar rahbarlari, QS, Times Higher Education kabi dunyoning yetakchi reyting agentliklari vakillari, Elsevier kompaniyasi mutaxassislari, xorijlik ekspertlar hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlari, prorektorlari va doktorantlar ishtirok etdi.

«Scopus Award–2019» taqdirlash marosimida 28 ta nominatsiya bо‘yicha 37 nafar olim va tadqiqotchi, 6 ta oliy ta’lim muassasasi va 1 ta ilmiy jurnal taqdirlandi.

Ma’lumot uchun, 2018 yil 23 mart kuni Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Elsevier kompaniyasi о‘rtasida respublika OTMlarini  dunyoning yetakchi universitetlari  reytingiga kiritish bо‘yicha «Ilm-fan – 2020» millliy rivojlanish dasturi imzolangan edi.