Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida Boku Xoreografiya Akademiyasining mutaxassislari ishtirokida mahorat darsi bо‘lib о‘tdi

Joriy yilning 2 dekabr kuni Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabiga Ozarbayjon Respublikasining “Boku Xoreografiya Akademisi”dan bir guruh raqs sohasi bо‘yicha mutaxassislar tashrif buyurishdi.

Xoreografiya oliy maktabida ushbu mutaxassislar ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi. Amaliy mahorat darsida F.Amirov nomidagi Ozarbayjon Davlat ashula va raqs ansamblining professori, Ozarbayjon xalq artisti Agaverdi Pashayev Ozarbayjon Respublikasida xizmat kо‘rsatgan balet artisti Gyunel Sheyxova, Nigyar Guseynova, Ali Djavadov hamda Boku Xoreografiya Akademisining talabasi Ruslan Gadjiyev kabi mutaxassislar ishtirok etishdi.

Mazkur, mahorat darsida mutaxassislar о‘zlarining “Yalla” raqsi elementlari hamda Ozarbayjon milliy raqs harakatlarini о‘rgatishdi.

Mutaxassislar tomonidan о‘tkazilgan mahorat darsi barchaga birdek ma’qul bо‘ldi. Professor-о‘qituvchilar va talaba-yoshlar о‘zlarining raqs san’ati borasidagi bilimlarini yanada keng о‘zlashtirib olishga erishishdi.