Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida  “Saylovchining huquq va majburiyatlari nimalardan iborat?”, “Saylash va saylanish huquqi” mavzulari asosida tadbir bо‘lib о‘tdi!

Joriy yilning 21 noyabr kuni Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida  “Saylovchining huquq va majburiyatlari nimalardan iborat?”, “Saylash va saylanish huquqi” mavzulari asosida tadbir bо‘lib о‘tdi.

Bunda Toshkent davlat yuridik universitetining “Davlat huquqi va boshqaruvi”  kafedrasi dotsenti Ixtiyor Bekov, yuridik fanlari bо‘yicha falsafa  doktori Sardorbek Yusupov hamda Xoreografiya oliy maktabining professor – о‘qituvchilari, talaba-yoshlari ishtirok etishdi.

Mazkur tadbirda 22 dekabrda о‘tkazilishi kо‘zda tutilayotgan saylov jarayonlari hamda ularni qay yо‘sinda amalga oshirish, saylovchi va saylanuvchining huquq va majburiyatlari xususida tegishli kо‘rsatmalar berib о‘tildi. Oliy maktabning talabalari о‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislarimizdan aniq va tо‘liq javoblarni olishdi.