Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida “Uyg‘ur raqs san’atining tarixi: ijtimoiy jarayonlar” mavzusida ilmiy seminar о‘tkazildi

Joriy yilning 30 noyabr kuni Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida “Xoreografiya-pedagogikasi” mutaxassisligi  2-kurs magistranti Feruza Sarimsaqovaning “Uyg‘ur raqs san’atining tarixi: ijtimoiy jarayonlar” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi  yuzasidan olib borayotgan ilmiy ishi bо‘yicha seminar bо‘lib о‘tdi.

Ilmiy seminarda oliy maktab professor-о‘qituvchilari, magistrantlari va ularning ilmiy rahbarlari ishtirok etdilar.

Feruza Sarimsaqova о‘z ilmiy tadqiqotida Uyg‘ur raqs san’atining kechagi holati bilan bugungi kunini ilmiy jihatdan qiyosiy solishtirib, о‘rtadagi о‘xshash va farqli jihatlarini о‘z fikr-mulohazalari orqali sо‘zlab berdi. Hozirgi kunda Uyg‘ur raqs san’atida mavjud bо‘lib turgan dolzarb muammolar va ularning hal etish yо‘llari bо‘yicha ilmiy asoslangan xulosa va takliflarini seminar ishtirokchilariga bayon etdi. Seminar keskin baxs-munozarali tarzda bо‘lib о‘tdi.