Joriy yilning 26 noyabr kuni Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida mahorat darsi bо‘lib о‘tdi

Joriy yilning 26 noyabr kuni Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida “Xoreografiya” kafedrasi katta о‘qituvchisi Alina Magdiyevaning “Belorus raqsi” mavzusida 3-kurs maxsus sirtqi bо‘limi talabalari uchun mahorat darsi bо‘lib о‘tdi.

Bunda oliy maktabning professor-о‘qituvchilari hamda maxsus sirtqi talaba-yoshlari ishtirok etishdi. Mahorat darsida belorus raqsining о‘ziga xos xususiyatlari, boshqa millat raqslariga о‘xshamagan qirralari ifodaviy harakatlar asosida  namoyish etilib,  qiyosiy  tahlillar orqali  tushuntirib berildi.

Professor-о‘qituvchilar va talabalar ushbu mahorat darsidan о‘zlariga kerakli bо‘lgan bilim va kо‘nikmalarini yanada mustahkamlab olishga harakat qilishdi.