Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabining iqtidorli talabalari “OPEN ASIA xalqaro kо‘rik-tanlov

g‘oliblari bо‘lishdi

Joriy yilning 22-23-24 noyabr kunlarida yurtimizning muhtasham “Turkiston” san’at saroyida Yevropaning “FIESTALONIA MILENIO” qо‘mitasi hamda О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi  kо‘magida  “OPEN ASIA” xalqaro kо‘rik-tanlovi bо‘lib о‘tdi.

Mazkur xalqaro kо‘rik-tanlov san’atning bir qancha turlarini о‘z ichiga qamrab olgan bо‘lib,  uni о‘tkazishdan asosiy maqsad yosh iste’dod sohib va sohibalarini aniqlash, ularning san’atini keng omma e’tiboriga havola qilish hamda ularni ham ma’naviy, ham moddiy jihatdan qо‘llab quvvatlash edi.

Xususan, mamlaktimizda milliy raqs va xoreografiya sohasi bо‘yicha yagona oliy ta’lim muassasasi hisoblangan Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabining iqtidorli talabalari ham ushbu xalqaro kо‘rik-tanlovda munosib qatnashib, faxrli о‘rinlarni qо‘lga kiritdilar:

“Milliy raqs” yо‘nalishi bо‘yicha:

1.Muslima Odilova – 1-о‘rin

“Xoreografiya jamoalari rahbari” ta’lim yо‘nalishi 3 kurs talabasi.

2.Komiljonova Dilbaroy – 2-о‘rin

“Xoreografiya jamoalari rahbari” ta’lim yо‘nalishi 1 kurs talabasi.

3.Ametov Kazbek – 2-о‘rin

“Xoreografiya jamoalari rahbari” ta’lim yо‘nalishi 2 kurs talabasi.

4.Yusupova Marjona – 2-о‘rin

“Kasb ta’limi” yо‘nalishi 4 kurs talabasi.

“Klassik raqs” yо‘nalishi bо‘yicha:

1.Gizatullina Alina1-о‘rin

“Kasb ta’limi” yо‘nalishi 1 kurs talabasi.

“Xalq raqsi” yо‘nalishi bо‘yicha:

1.Tigran Abdullayev 2-о‘rin

“Xoreografiya pedagogikasi” mutaxassisligi 2 kurs magistranti.

Oliy maktab rektorati, jamoat tashkilotlari va professor-о‘qituvchilari g‘oliblar va ularning ustozlari О‘zbekiston xalq artisti Qodir Mо‘minov, professor-о‘qituvchilar Alina Magdiyeva, Durdona Abduhakimova, Yelena Nodirova, baletmeysterlar Rushana Sultonova va Diana Xegaylarni chin qalbdan muborakbod etadi.