«Eng yaxshi maqola» tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan yosh olimlar va talabalar о‘rtasida yoshlar ilmiy faoliyatida mustaqillik g‘oyasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlab tashkil etilgan tanlov yakunlandi.

Tanlovga Respublikamiz oliy ta’lim muassasalaridan 124 ta maqola kelib tushdi.Ulardan 32 tasi yosh olimlar va 92 tasi talabalar tomonidan yozilgan.

Hakamlar hay’ati tomonidan ikkita nominatsiya bо‘yicha besh nafardan nomzod saralab olindi hamda yakuniy bosqichida ishtirokchilar о‘zlari yozgan maqola bо‘yicha taqdimot о‘tkazdilar. Tanlov yakunlarisha kо‘ra, quyidagilar g‘olib bо‘lishdi:

✅ Iqtidorli talabalar nominatsiyasi

👉 1-о‘rin – Sherzod Ibragimov, Samarqand davlat tibbiyot instituti talabasi.

👉 2-о‘rin – Mohiniso Qо‘yboqova, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi.

👉 3-о‘rin – Shahnoza Ashurxonova, Guliston davlat universiteti talabasi.

✅ Yosh olimlar nominatsiyasi

👉 1-о‘rin – Zilola Kasimova, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti doktoranti.

👉 2-о‘rin – Faxridin Umarov, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali dekani.

👉 3-о‘rin – Feruz Narmanov, Samarqand davlat universiteti tayanch doktoranti.

Tanlov g‘oliblari diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.