Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabining talabalari  “Andijon talaba-yoshlar xalqaro forumi” ishtirokchisiga aylanishda!

Joriy yilning 17-19 noyabr kunlarida О‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi, Andijon viloyat hokimi va faol talaba – yoshlar tashabbuskorligi bilan “Andijon talaba-yoshlar xalqaro forumi” tashkil etildi. Ushbu forumda Respublikamizdagi har bir oliy ta’lim muassasalaridagi  eng faol talabalaridan 2 nafari ishtirok etishdi. Xususan, Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabidan BT yetakchisi Mahammadjonova Gо‘zal hamda BT yetakchisining birinchi о‘rinbosari Pardaboyev Rustam kabi intiluvchan, talabchan va faol yoshlarimiz qatnashishdi.

Ushbu forumda talabalar  Prezidentimiz ilgari surgan 5 tashabbusni – yoshlar о‘rtasida targ‘ib qilish, ularni bо‘sh vaqtlarini samarali va mazmunli о‘tkazish borasidagi, istiqbolli g‘oyalari va ularning yechimlari xususida aniq fikr va mulohazalarga kelishib olishdi.

Shuningdek, forumda Qozog‘iston, Tojikiston Respublikalaridan tashrif buyurgan  tashabbuskor va iqtidorli talabalar ham ishtirok etishdi.

Eng muhimi, talaba-yoshlarning о‘z tengqurlari orasidan yangi dо‘stlar orttirishi  alohida e’tiborlidir.