Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida Nurbek G‘ofurovning  “О‘rta Osiyo xalqlari raqslarining qiyosiy tahlili” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi yuzasidan olib borayotgan ilmiy ishi bо‘yicha seminar bо‘lib о‘tdi.

Joriy yilning 16 noyabr sanasida Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida “San’at nazariyasi va tarixi” mutaxassisligi  2-kurs magistranti Nurbek G‘ofurovning  “О‘rta Osiyo xalqlari raqslarining qiyosiy tahlili”  (О‘zbek, Tojik va Turkman erkaklar raqslari misolida) mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi yuzasidan olib borayotgan ilmiy ishi bо‘yicha seminar bо‘lib о‘tdi.

Ilmiy seminarda oliy maktab magistrantlari, professor- о‘qituvchilari, magistrantlarning ilmiy rahbarlari ishtirok etdilar.

Semenarda Nurbek G‘ofurov о‘z dissertatsiyasida shu kungacha О‘zbek san’atshunosligi tarixida О‘rta Osiyo xalqlari raqslarining qiyosiy tahlili mutlaqo о‘rganilmaganligi borasidagi fikr va mulohazalari bilan о‘rtoqlashdi. Qolaversa, ushbu magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasida yuqorida keltirib о‘tilgan xalqlarning erkak raqslariga oid qaynoq va hali hech qayerda muqova yuzini kо‘rmagan ma’lumotlar ilmiy jihatdan atroflicha yoritib berilgan. Seminar qizg‘in baxs va munozaralarga boy tarzda amalga oshirildi.