Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy talim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi tо‘g‘risidagi nizomga о‘zgartirishlar va qо‘shimcha kiritish tо‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjatga kо‘ra, lavozimlarni egallashning besh yillik muddati davrida rektor buyrug‘i bilan tasdiqlanadigan oliy ta’lim muassasasi komissiyasi tomonidan har bir о‘quv yili yakunlari bо‘yicha barcha pedagog xodimlar faoliyati atroflicha о‘rganib chiqiladi va baholanadi.

Qolaversa, tugallangan fan о‘qituvchilarining dars berish samaradorligi talabalar tomonidan anonim tarzda baholanadi.

Loyihaga kо‘ra, pedagog xodimning malakasi yetarli bо‘lmaganligi sababli о‘quv-metodik, ilmiy, tarbiyaviy ishlari sifati, о‘qitgan talabalarining о‘zlashtirish darajasi past bо‘lgan taqdirda, tanlovni о‘tkazish tartibida belgilab qо‘yilgan muddatdan qat’iy nazar u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinadi.

✅ Quyidagi manzil orqali Qaror loyihasi yuzasidan о‘z takliflaringizni bildirishingiz mumkin:

👉 https://regulation.gov.uz/uz/document/9816

Muhokamalar shu yilning 19 noyabriga qadar davom etadi.