Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi va Qozog‘iston milliy xoreografiya akademiyasi о‘rtasidagi о‘zaro hamkorlik aloqalari yuzasidan Nusipjanova Bibigul Nurgaliyevna va Xalqaro aloqalar bо‘limi bosh menejeri Rasilova Saltanat Muxtarovna tashrifi kuzatildi!

Joriy yilning 5 noyabr sanasida Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabiga Qozog‘iston Respublikasida xizmat kо‘rsatgan san’at arbobi, professor, pedagogika fanlari nomzodi Qozog‘iston milliy xoreografiya  akademiyasining birinchi prorektori Nusipjanova Bibigul Nurgaliyevna va Xalqaro aloqalar bо‘limi bosh menejeri Rasilova Saltanat Muxtarovna tashrif buyurishdi.

Xoreografiya oliy maktabining “Anjumanlar zali”da ikki tomon vakillari bilan birgalikda uchrashuv bо‘lib о‘tdi. Bunda mehmonlar va oliy maktab rahbariyati “Qozog‘iston va О‘zbekiston xoreografiya ta’limi” haqida sо‘z yuritishdi.  О‘zbekiston va Qozog‘iston davlatlarida milliy raqs va xoreografiya ta’limi sohasida olib borilayotgan islohotlar va yangiliklar borasida ham fikr va mulohazalar almashishdi. Suhbat davomida xoreografiya san’atini rivojlantirish bо‘yicha muzokaralar о‘tkazildi.

Shuningdek, uchrashuv yakunida ikki taraflar о‘rtasida kelgusida qilinishi lozim bо‘lgan maqsadli ishlar yuzasidan istiqbolli rejalarga kelishib olindi.

Ma’lumot о‘rnida shuni aytib о‘tishimiz lozimki, 2018 yilning 15 fevral kuni TDMRXOM va Qozog‘iston milliy xoreografiya akademiyasi о‘rtasida о‘zaro hamkorlik qilish tо‘g‘risida shartnoma imzolangan.