Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti va kasaba uyushmasi tomonidan “Sport salomatlik garovi” deb nomlangan tadbir bо‘lib о‘tdi.

Joriy yilning 3 noyabr sanasida Toshkent botanika bog‘ida 5 tashabbusning amaldagi natijalari bо‘yicha TDMRXOM xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti va kasaba uyushmasi tomonidan “Sport salomatlik garovi” deb nomlangan tadbir bо‘lib о‘tdi.

Mazkur tadbirda oliy maktabning о‘qituvchi va talabalari hamda   ekspertlar sifatida: О‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti dotsenti Ziyamuxammedova Saboxat va sport ustasi G‘aniyeva Marxabo kabilar ishtirok etishdi.

Ishtirokchilar 4 shart bо‘yicha, ya’ni, 1-shart velosipedda uchish, 2-shart 100 metrga yugurish, 3-shart о‘tirib turish, 4-shart raqs (Fleshmob) bо‘yicha о‘z kuch va bilimlarini kо‘rsatishdi.

Ekspertlarning xulosasiga binoan-Ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedra mudiri Qosimova Dildora 3-о‘rinni, San’atshunoslik yо‘nalishi 3-kurs talabasi Ergasheva Gо‘zal 2-о‘rinni, Oliy maktabning magistratura bо‘limi 1-kurs talabasi G‘affarova Nurxon 1-о‘rin va rektor kо‘chma kubogi sohibi bо‘ldi.

Inson doimo sport bilan oshno bо‘lsa, uning qalbini hech qachon yomonlik tuyg‘ulari egallamaydi. Zeroki, о‘tkazilgan ushbu tadbir ham jamiyatimizning har bо‘g‘inini sportga jalb qilish va uning kundalik hayotidagi bir qismiga aylantirishga undasa, bejiz emas!