Toshkent davlat miiliy raqs va xoreografiya oliy maktabida “Siz oila qurishga tayyormisiz?” mavzusida tadbir bо‘lib о‘tdi!

Joriy yilning 1 noyabr sanasida Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida “Siz oila qurishga tayyormisiz?” mavzusida tadbir bо‘lib о‘tdi.

Tadbirga mehmon sifatida:-Yakkasaroy tumani “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi rahbari Qodirova Nilufar, bosh mutaxassis Ismoilova Habiba hamda О‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi yosh oilalar va xotin-qizlar bilan ishlash bо‘limi mutaxassisi Saidova Zuhra kabilar tashrif buyurishdi.

Azal-azaldan о‘zbek xalqi oilaparvar millat hisoblanadi, shunday bо‘lishiga qaramasdan jamiyatimizning ayrim joylarida oilaga nisbatan yengil munosabatda bо‘ladiganlar ham uchrab turadi. Bularning oldini olishda, albatta, kuchli bilim, tafakkur, keng miqyosdagi dunyoqarash kerak bо‘ladi. Bugungi uyushtirilgan tadbir ham shu maqsadga muvofiqligi bejiz emas.

Tadbirda oilaning muqaddas dargoh yekanligi, oila qurayotganda yoshlarimiz “Men” tushunchasidan voz kechib, birdamlik, hamjihatlikni о‘zida aks ettiradigan “Biz” degan tushunchaga о‘tishi lozimligi ta’kidlandi. Tashrif buyurgan mutaxassislarimiz oila qurish borasida xoreografiya oliy maktabi talabalriga о‘zining tegishli va mazmunli fikr-mulohazalarini berib о‘tishdi.

Tadbir sо‘ngida talabalar о‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga mutaxassislarimizdan kerakli bо‘lgan javoblarni olishdi. Tadbir “Mening yurtim” telekanali orqali tasvirga olindi.