Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida “Qoraqalpoq raqs san’ati: kecha va bugun” mavzusida ilmiy seminar о‘tkazildi.

         Joriy yilning 26 oktabr kuni Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida “San’at nazariyasi va tarixi” mutaxassisligi  2-kurs magistranti Mansur Shukurlayevning “Qoraqalpoq raqs san’ati: kecha va bugun” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi bо‘yicha olib borayotgan ilmiy ishi bо‘yicha seminar bо‘lib о‘tdi.

Ilmiy seminarda oliy maktab magistrantlari, professor- о‘qituvchilari, magistrantlarning ilmiy rahbarlari ishtirok etdilar.

Mansur Shukurlayev о‘z ilmiy ishida qoraqalpoq raqs san’atining kechagi holati bilan bugungi kunini solishtirib, о‘rtadagi о‘xshash va farqli jihatlarni о‘z fikr va mulohazalari orqali sо‘zlab berdi. Hozirgi kunda qorqalpoq raqs san’atida mavjud bо‘lib turgan dolzarb muammolar va ularning hal etilish yо‘llari bо‘yicha ilmiy asoslangan xulosa va takliflarini seminar ishtirokchilariga bayon etdi. Seminar keskin baxs-munozarali tarzda amalga oshirildi.